24 iyu 14:51
Yangiliklar

Bugun qaysi sport turlarida Universiada medallari uchun bahs olib boramiz?
Bugun kompleks musobaqaning sakkizinchi kuni doirasida o'zbekistonlik 8 nafar sportchi jami 3 ta sport turidagi bahslarda qatnashishyapti. Dzyudochilarimiz o'z ishtiroklarini allaqachon boshlab ulgurishdi. Mardon Ravshanov va Nodirbek Mavlonberdiev raqiblarini mag'lub etib, 1/4 finalga yo'l olishdi. SHirinjon Yo'ldosheva esa ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi.
24 iyul kuni Universiadada qatnashadigan sportchilar ro'yxati:
12:00 dan boshlab: Dzyudo (erkaklar yakkaligi, 73 kg, 1/16 final bosqichi): Mardon Ravshanov;
12:00 dan boshlab: Dzyudo (erkaklar yakkaligi, 81 kg, 1/16 final bosqichi): Nodirbek Mavlonberdiev;
12:00 dan boshlab: Dzyudo (ayollar yakkaligi, 70 kg, 1/16 final bosqichi): SHirinjon Yo'ldosheva;
13:00 dan boshlab: Engil atletika (ayollar, ko'pkurash): O'g'iloy Norboeva;
17:45 dan keyin: Kamondan otish (aralash jamoaviy, saralash): Ziyodaxon Abdusattorova, O'tkirjon Hoshimov;
22:05 dan boshlab: Kamondan otish (ayollar jamoaviy, 1/8 final bosqichi): Ziyodaxon Abdusattorova, Jasmina Nurmanova, Diana Fatihova.
Fikrlar