24 iyu 18:49
Yangiliklar
Voleybol

Qardoshlar bahsida O'zbekiston Turkiyani ishonchli hisobda mag'lub etdi + FOTO
Biroz avval voleybol bo'yicha O'zbekiston va Turkiya yoshlar (U 19) terma jamoalari o'rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichidan o'rin olgan ilk uchrashuvi yakuniga etdi.
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tgan uchrashuvda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi turkiyalik tengqurlarini 3:0 (25:22, 25:19, 25:17) hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Endi ertaga guruhning ikkinchi o'yinida Pokistonga qarshi bahs olib boramiz. Bugun pokistonlik voleybolchilar Belgiya termasidan 3:0 (25:19, 25:17, 25:22) hisobida ustun kelishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar