So’nggi yangiliklar

18:00"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди 0 17:39Сауль Альварес Илия Топурияга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:15Илия Топурия: "Агар Махачев ютса мен билан жанг қилсин. Ютқазса, навбатга турсин" 0 16:38Арман Царукян Порье – Холлоуэй тўқнашуви учун захира жангчиси бўлмоқчи 0 16:16Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз" 0 15:40"Анкалаевга етарлича ҳурмат кўрсатилмаяпти" - Аспиналл 0 15:17Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида кумуш медални қўлга киритган Дулат Бекбауовнинг проф боксдаги илк рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 14:55Усик — Дюбуа реванши учун "Уэмбли"да трибуналар сони 94 000 тага етказилиши мумкин 0 14:27Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди 0 14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0

07 mar 18:18
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Toshkentdagi "Katta Dubulg'a". Uchinchi kungi bahslarda ikkita medal!

Teglar :  DzyudoUchinchi kun
Toshkentdagi "Humo Arena"da dzyudo bo'yicha nufuzli "Katta Dubulg'a" turniri yakunlandi.

Musobaqaning uchinchi kunida jang o'tkazadigan o'zbekistonlik dzyudochilar qayd etayotgan barcha natijalar bilan ushbu sahifada tanishib borishingiz mumkin bo'ldi. 

"Katta Dubulg'a" musobaqasining so'nggi kunida ikkita medal qo'lga kiritdik. 

-90 kg: Davlat Bobonov - kumush

-90 kg: Muzaffarbek To'raboev - bronza


- - - - - - - - 

-100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Aqlmurodbek Xudoyberdiev bronza medali uchun bahsda mo'g'ulistonlik Gonchigsuren Batxuyag bilan kurashdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.

- - - - - - - - 

-100 kg vaznli Muzaffarbek To'raboev bronza medali uchun mo'g'ulistonlik Otgonbatar Lxagvasurenga qarshi jang qildi va ippon evaziga g'alaba qozondi. Bronza medal!

- - - - - - - - 

-90 kg. Davlat Bobonov finalda dzyudo vatani vakili - yaponiyalik Kenta Nagasavaga qarshi tatamiga chiqdi va afsuski imkoniyatni boy berdi. Kumush medal!

- - - - - - - - 

-90 kg. SHermuhammad Jandreev bronza medali uchun jangda so'nggi soniyalarda ozarbayjonlik Mammadali Mehdievga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Afsus...

Kechki dastur janglari boshlanmoqda.

- - - - - - - 

Endi soat 17:00da boshlanadigan janglarda to'rt nafar hamyurtimiz medallar uchun kurashadi:

-90 kg: SHermuhammad Jandreev - Mammadali Mehdiev (Ozarbayjon) - bronza medali uchun

-90 kg: Davlat Bobonov - Kenta Nagasava (Yaponiya) - oltin medal uchun

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev - Otgonbatar Lxagvasuren (Mo'g'uliston) bronza medali uchun

-100 kg: Aqlmurodbek Xudoyberdiev - Gonchigsuren Batxuyag (Mo'g'uliston) bronza medali uchun


-100 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz yarim finalda bolgariyalik Boris Georgievga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi. Endi u kechki payt bronza medali uchun mo'g'ulistonlik dzyudochi bilan bellashadi.


-100 kg. O'tkirbek To'raboev o'tish jangida mo'g'ulistonlik Otgonbataar Lxagvasurenga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 


-90 kg. SHermuhammad Jandreev o'tish jangida gruziyalik Ushangi Margianiga qarshi kurashdi va g'alaba qozondi. Endi u kechki dasturda ozarbayjonlik Mammadali Mehdievga qarshi bahs yuritadi.


-78 kg. Irisxon Qurbonboeva bronza medali uchun o'tish jangida Polsha vakilasi Bita Pakutga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi.


-100 kg. Aqlmurodbek Xudoyberdiev chorak finalda mo'g'ulistonlik raqibidan ustun keldi va yarim final chiptasiga ega chiqdi. 


-100 kg vaznli Muzaffarbek To'raboev yarim finalda belgiyalik Toma Nikiforovga yutqazib qo'ydi. Endi u kechki dasturda bronza medali uchun jang qiladi. 


-100 kg. O'tkirbek To'raboev chorak finalda bolgariyalik dzyudochiga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun o'tish jangida tatamiga chiqadi.


-90 kg. Davlat Bobonov yarim finalda Ozarbayjon vakili Mammadali Mehdievdan ustun keldi va finalga yo'l oldi.


-90 kg. SHermuhammad Jandreev chorak finalda Yaponiya terma jamoasi azosi bilan jang qildi va so'nggi soniyalarda yutqazib qo'ydi.

 

-100 kg vaznli Muzaffarbek To'raboev chorak finalda belaruslik dzyudochi bilan bellashdi va g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi!


-78 kg. Irisxon Qurbonboeva chorak finalda Isroil vakilasiga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun o'tish jangida ishtirok etadi. 


-100 kg. Aqlmurodbek Xudoyberdiev uchinchi davra jangini turkiyalik raqibga qarshi o'tkazdi ippon evaziga g'alaba qozonib, chorak finalga chiqdi. 


-90 kg. Davlat Bobonov chorak finalda Janubiy Koreya terma jamoasi vakiliga qarshi tatamiga chiqdi va Golden Score evaziga g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi!


-100 kg. O'tkirbek To'raboev uchinchi davrada rossiyalik polvon bilan kurashdi va g'alaba qozondi.


-90 kg. SHermuhammad Jandreev qozog'istonlik dzyudochiga qarshi jangda g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.


-100 kg. Muzaffarbek To'raboev uchinchi bosqichda braziliyalik polvon bilan jang qildi va ippon evaziga g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.


-100 kg. SHaxboz Po'latov Mo'g'uliston vakiliga yutqazib qo'ydi.


+100 kg. SHoxruh Baxtiyorov Yaponiya vakili bilan bahsda imkoniyatni boy berdi.


-90 kg. Davlat Bobonov gruziyalik raqibini ham ippon evaziga mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi


-78 kg. Irisxon Qurbonboeva Britaniya vakilasini ippon evaziga mag'lub etdi va uchinchi bosqichga yo'l oldi. 

 

-100 kg. Aqlmurodbek Xudoyberdiev serbiyalik dzyudochiga qarshi jangda ippon evaziga g'alaba qozonib, uchinchi davraga chiqdi. 


-100 kg. Muzaffarbek To'raboev avstraliyalik raqibini chiroyli tarzda ippon bahosi evaziga mag'lub etdi va uchinchi bosqichga yo'l oldi.


+78 kg. Rinata Ilmatova Janubiy Koreya vakilasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.


-100 kg SHaxboz Po'latov qozog'istonlik raqibga qarshi jangda ippon evaziga g'alabaga erishdi va uchinchi bosqichga chiqdi.


-100 kg. O'tkirbek To'raboev SHveciya vakilini ippon evaziga mag'lub etdi va uchinchi bosqichga yo'l oldi.


+100 kg. SHohrux Baxtiyorov qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va uchinchi bosqichga yo'l oldi.


-90 kg. Davlat Bobonov Belarus vakilini ippon evaziga mag'lub etdi


-90 kg. SHermuhammad Jandreev germaniyalik raqibidan ustun keldi. 


-90 kg. Ozodbek Murotov CHexiya vakili bilan jangda yutqazdi.


-90 kg. Doston Meyliev italiyalik raqibga imkoniyatni boy berdi. 


+100 kg. Alisher Yusupov finlyandiyalik dzyudochiga ippon evaziga yutqazib qo'di. 


+100 kg. Islombek Ravshanqulov italiyalik dzyudochiga ippon evaziga yutqazdi.


-78 kg vaznli Moxinisaxon Husanova bir necha soniyalar ichida germaniyalik sportchiga imkoniyatni boy berdi.


-78 kg: SHohista Anorova germaniyalik sportchiga kutilganidek ippon evaziga mag'lub bo'ldi. 


+100 kg. SHerali Jo'raev germaniyalik raqibi bilan jangda ippon evaziga yutqazdi.


-78 kg. Nodira Yo'ldosheva Kongo Demokratik Respublikasi vakilasi bilan jangda imkoniyatni boy berdi. 


-78 kg: Irisxon Qurbonboeva qozog'istonlik sportchini muddatidan oldin mag'lub etdi. 


-100 kg. O'tkirbek To'raboev fijilik raqibi bilan jangda ippon evaziga g'alaba qozondi!


+78 kg. Rinata Ilmatova musobaqaning ilk bosqichida mo'g'ulistonlik raqibasiga qarshi dayanga chiqdi va qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi.


-90 kg. SHermuhammad Jandreev birinchi bosqichda rossiyalik raqibga qarshi jang qildi va kichik ustunlik bilan g'alaba qozondi.


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. Toshkentdagi "Katta Dubulg'a" turniridan onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 


- - - - - - - - - - 


Nufuzli musobaqaning uchinchi kunida quyidagi sportchilarimiz medallar uchun kurash olib borishadi: 

Erkaklar:

-90 kg vazn toifasi

Davlat Bobonov

Doston Meyliev

SHermuhammad Jandriev

Ozod Murodov



-100 kg vazn toifasi

Muzaffar Turaboev

O'tkir Turaboev

SHaxboz Pulatov

Aqlmurod Hudayberdiev



+100 kg vazn toifasi

Alisher Yusupov

SHohruh Bahtiyorov

Islom Ravshanqulov 

SHerali Juraev


Ayollar:

-78 kg vazn toifasi

Nodira Yuldasheva

Mohisinahon Xusanova

SHohista Anarova

Irisxon Kurbanbaeva


+78 kg vazn toifasi

Rinata Ilmatova


Janglar soat 09:30dan so'ng boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing