28 iyu 16:16
Yangiliklar

Kotrina Kulbite: "Munosib o'yin ko'rsatib, Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz"
Unda O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite ham ishtirok etdi
— Barchani ko'rib turganimdan xursandman. Nafaqat turnirga tayyorgarlik balki, O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasidagi 6 oylik faoliyatim ajoyib tarzda o'tdi, deya olaman. Bu davr mobaynida jamoada ijobiy muhit shakllandi, kayfiyat va futbolchilarning jismoniy holati yuqori darajada. Munosib o'yin ko'rsatib, Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.
Guruhdagi jamoalar haqida
— Raqib jamoalarining o'yinlarini chuqur tahlil qildik. Lekin barchasi maydonda, o'zaro o'yinda hal bo'ladi. SHunday ekan har qanday holatga tayyor turishimiz talab etiladi. Nepal terma jamoasiga bir oy avval yangi murabbiy tayinlangan bo'lsa-da, tarkibda legioner futbolchilar mavjud. SHri-Lanka va Laos ham kuchsiz jamoalar emas. Biroq biz o'z o'yin uslubimizga tayanib, ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz.
Fikrlar