28 iyu 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkentdagi Jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan Dulat Bekbauovning prof boksdagi ilk raqibi va jang sanasi malum bo'ldi
Qozog'istonlik bokschi Dulat Bekbauov professional boksdagi birinchi jangini o'tkazadi.
U 11 iyul kuni Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" arenasida tashkil etiladigan prof boks turnirida ringga chiqadi.
Dulatning prof boksdagi ilk raqibi kongolik Marios Matamba bo'ladi.
30 yoshli afrikalik charm qo'lqop ustasi professional miqyosda 15 ta jang o'tkazib, 13 tasida g'alaba qozongan, 2 ta bahsda imkoniyatni boy bergan.
Eslatib o'tamiz, Dulat Bekbauov 2023 yilda poytaxtimizda bo'lib o'tgan IBA Jahon chempionati finalida hamyurtimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevga imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : sportnews.kz
Fikrlar