31 mar 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Abdurasul Ismoilov Dulat Bekbauovga qarshi chempionlik jangida ringga chiqdi
Qozog'istonning Taraz shahrida Relentless Drive Promotion kompaniyasining prof boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Abdurasul Ismoilov (11-4-1, 7 KO) qozog'istonlik Dulat Bekbauov (3-0-0, 3 KO)ga qarshi WBC Greater Turan mintaqaviy kamari uchun chempionlik jangini o'tkazdi.
10 raundlik bellashuv ettinchi raunddan keyin yakuniga etdi. Ismoilovning burchagi jangni davom ettirishni istamadi. SHu tariqa, Dulat Bekbauov prof boksdagi uchinchi jangida WBC Greater Turan kamariga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar