So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

16 sen 21:08
Yangiliklar

Tennis

Farrux Do'stov: "1:1 ham yaxshi natija. Tarkibimizda o'zgarish bo'lishi mumkin"

Bugun O'zbekiston tennis terma jamoasi "Devis kubogi" doirasida Yaponiyaga qarshi o'yinlar o'tkazdi.

Ikkita o'yin yakuniga ko'ra, hisob 1:1 ko'rinishiga kelgan. Denis Istomin imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa, Sergey Fomin g'alaba qozonib, muvozanatni tikladi. 

Saytimiz muhbiri Xurshida Abdikulova bugungi bahslardan so'ng terma jamoamiz sardori Farrux Do'stovning fikrlari bilan qiziqdi. 

- Istominning mag'lubiyatiga sabab nima deb o'ylaysiz? 

- Istomin qo'lidan kelgan barcha ishni qildi, unda matchbol ham bor edi. O'yin uch soatgacha cho'zildi. U g'alabaga yaqin edi. Denis 36 yoshda va tiklanish jarayoni ham uzoq kechmoqda. Bu narsa unga tasir qilmoqda. U yutishi ham mumkin edi, ammo bu sport.


- Ertangi o'yinga uning jismoniy holati qanday bo'ladi? 

- Bugun buni yana muhokama qilamiz va ertalab bu borada yakuniy qarorni aytamiz. Tarkibda o'zgarish bo'lishi mumkin. 

- Yaponiya yurtimizga kuchli tarkib bilan kelmagan. Bu O'zbekiston terma jamoasini mensimaganlikdanmi? 

- Men bunday demagan bo'lardim. Ular terma jamoa safida "Devis kubogi"dan ko'ra, o'zlarining yakkalik musobaqalarini asosiy hisoblashadi. Ularda shuningdek jarohatlar ham bor edi. Ular yaqinda US Open'da ham ishtirok etishdi. Masofa ham uzoq. 

1:1 ham yaxshi natija. Ertaga nasib qilsa juftlik va yakkalik o'yinida g'alaba qozonamiz. 


- Denis Istomindan so'ng afsuski, yosh tennischilarimiz ATP darajasidagi turnirlarga chiqa olishmayapti. Bu nima bilan bog'liq? 

- Yaxshi savol. Fikrimcha, ular turnirlarda ko'p o'ynashmayapti. Amaliyot kam. Musobaqalarga borish uchun moliyaviy imkoniyatlar ham kam. Avvallari imkoniyatlar bor edi, yordam berib turishardi. Hozir esa uyda mashg'ulotlar qilib yurishibdi. Bunday holatda kuchayish qiyin, ayniqsa tennisda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing