So’nggi yangiliklar

21:41Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларининг дзюдо баҳсларига қуръа ташланди 0 19:00"Усик фаолиятини якунлашини истардим" - Эдди Хирн 0 18:38ИНТЕРВЬЮ. "Чечен дўстларимнинг гаплари оғир ботди" — Холмурод Нурматов 0 18:16"Сўғдиёна" ўз футболчисининг товон пулини 1 миллион доллар этиб белгилаб қўйган экан 0 17:56Гусков, Уиттакер, "Гладиатор" ва бошқа UFC on ABC 9 турнири жангчилари медиа тадбирларни бошлашди + ФОТО 0 17:51"Холлоуэйнинг кейинги жанги чемпионлик учун бўлиши керак" - UFC чемпиони 0 17:24Ўзбекистон стол тенниси терма жамоасида хитойлик мураббийлар иш бошлаши мумкин 0 17:01Пётр Ян Двалишвили билан реванш истамоқда: "Мерабни мағлуб эта оламан" 0 16:39Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди 0 16:16Анкалаевнинг менежери Перейра билан реванш қачон бўлишини айтди 0 15:52Тбилисида қиличбозлик бўйича жаҳон чемпионати бошланди 0 15:31Тайсон Фьюри Дюбуа билан спарринг ҳақида қизиқарли воқеани айтиб берди 0 15:10Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди 0 14:49Олимпия шаҳарчаси ва Миллий футбол марказида қурилиш ишлари қандай кетмоқда? 0 14:38Нурсултон Рўзибоев ва Хамзат Чимаев жангга бирга тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0

25 jan 16:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Frensis Ngannu UFC'dagi kelajagi haqida gapirdi

Teglar :  UFCFrensis Ngannu
Og'ir vazn toifasida UFC kamari sohibi Frensis Ngannu Siril Ganga qarshi jangdan so'ng UFC'dagi kelajagi haqida gapirdi.

"Meni uzoq vaqtdan beri ushbu tashkilotdagi kelajagim qiziqtiradi va hozircha hech narsa o'zgarmadi - mening poziciyam o'zgarishsiz qolmoqda", - dedi Ngannu UFC 270 turniridan keyingi matbuot anjumanida.

"Bu faqat pul haqida emas. Pul muammoning faqat bir qismidir. Men shartnoma shartlariga qo'shilmayman – bu adolatdan emas, deb o'ylayman. O'zimni erkin odamdek his qilolmayman. Afsuski, men bu haqda gapirishim kerak bo'lgan holatdaman, lekin mening talablarim adolatli ekanligiga ishonaman va adolatli kelishuvni xohlayman”.

Agar UFC bilan tuzilgan yangi shartnoma shartlari uni qoniqtirmasa, Ngannu joriy yilning oxirigacha (uning g'alabasi munosabati bilan avtomatik ravishda tashkilot bilan amaldagi kelishuvi yangilanadigan muddat tugaguniga qadar) bo'sh bo'lishga tayyor.

"Ha, dekabrda shartnoma baribir tugaydi. Men bu borada hech qanday muammo ko'rmayapman. So'nggi uch yil ichida men uchta jang o'tkazdim, shuning uchun men uchun kutilmagan narsa yo'q.

"Yirtqich" Gan bilan bo'lib o'tgan jangda g'alaba qozonganidan so'ng nega chempionlik kamarini UFC prezidenti Dana Uayt emas, balki tashkilotning asosiy matchmeykeri Mik Meynard topshirgani haqidagi savolga ham javob berdi.

"Umuman xabarim yo'q. Bu mening talabim emas edi, shuning uchun siz buni undan so'rashingiz kerak. Mening bunga aloqam yo'q. Bu uning qarori",-dedi Ngannu.

Eslatib o'tamiz, Dana Uayt jurnalistlar unga bu savolni bera olmasligi, shuningdek, og'ir vazn toifasining tashkilot bilan tuzgan shartnomasi bo'yicha vaziyatga oydinlik kirita olmasligi uchun ananaviy matbuot anjumanini bekor qilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing