22 iyu 14:49
Yangiliklar
Boshqalar

Olimpiya shaharchasi va Milliy futbol markazida qurilish ishlari qanday ketmoqda?
Sportimiz mutasaddilari qurilishi davom etayotgan har ikki obektda bo'lib, jarayon bilan yaqindan tanishishdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo'yicha vakili Odil Abdurahmanov va Sport vaziri Adham Ikramov poytaxtimizning Yashnobod tumanida bunyod etilayotgan Olimpiya shaharchasining mamuriy bino, Paralimpiya sport turlariga mo'ljallangan milliy terma jamoalar markazi, Davlat sport tibbiyoti va ilmiy amaliy markazini borib ko'rishdi.
SHuningdek, mutasaddilar Toshkent viloyati Yuqori CHirchiq tumanida bunyod etilayotgan futbol bo'yicha Milliy futbol markazida bo'lib, olib borilayotgan qurilish jarayonlarini o'z vaqtida va sifatli tarzda yakunlash bo'yicha masullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar