22 iyu 08:12
Yangiliklar

Navbat UFC Abu-Dabi turniriga! Bogdan Guskov hafta yakunida muhim jangda oktagonga ko'tariladi
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker hamda ONE Championship Ligasining sobiq chempioni Rene de Ridder o'rtasida kechadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida yarimog'ir vazn toifasi reytingida 14-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Bogdan Guskov Ukraina vakili Nikita Krilovga qarshi bahs olib boradi.
Bundan tashqari, musobaqada Pyotr Yan, Brays Mitchell, SHarabutdin Magomedov, Muslim Salixov kabi rus sportchilari ham o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishadi.
Turnirning to'liq kardi:
Asosiy kard
Robert Uittaker (Avstraliya) – Rene de Ridder (Niderlandiya)
Pyotr Yan (Rossiya) — Markus Makgi (AQSH)
Brays Mitchell (AQSH) — Said Nurmagomedov (Rossiya)
SHarabutdin Magomedov (Rossiya) — Mark-Andre Barrio (Kanada)
Nikita Krilov (Ukraina) — Bogdan Guskov (O'zbekiston).
Prelim kard
Amanda Ribas (Braziliya) — Tabata Richchi (Braziliya)
Muslim Salixov (Rossiya) — Karlos Lil (Braziliya)
Ibo Aslan (Turkiya) — Billi Elekana (AQSH)
Markus Almeyda (Braziliya) — Martin Buday (Slovakiya)
Mohammed Yahya (BAA) — Stiven Nguyen (AQSH)
Deyvi Grant (Angliya) — Da’Mon Blekshir (AQSH).
Fikrlar