22 iyu 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan Dvalishvili bilan revansh istamoqda: "Merabni mag'lub eta olaman"
UFC’ning sobiq chempioni Pyotr Yan hozirgi chempion Merab Dvalishvili bilan revansh jangini xohlashini bildirdi.
"Birinchi jangda o'z imkoniyatlarimni ko'rsata olmadim. Bu — fakt. Yana bitta jang tashkil etilishiga umid qilaman. Merab o'ziga xos uslubga ega. Lekin men uni engishim mumkinligini his qilyapman", — dedi Yan.
Eslatib o'tamiz, Yan navbatdagi jangi 26 iyul kuni Abu-Dabi (UFC on ABC 9) turnirida Markus MakGiga qarshi bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar