So’nggi yangiliklar

21:41Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларининг дзюдо баҳсларига қуръа ташланди 0 19:00"Усик фаолиятини якунлашини истардим" - Эдди Хирн 0 18:38ИНТЕРВЬЮ. "Чечен дўстларимнинг гаплари оғир ботди" — Холмурод Нурматов 0 18:16"Сўғдиёна" ўз футболчисининг товон пулини 1 миллион доллар этиб белгилаб қўйган экан 0 17:56Гусков, Уиттакер, "Гладиатор" ва бошқа UFC on ABC 9 турнири жангчилари медиа тадбирларни бошлашди + ФОТО 0 17:51"Холлоуэйнинг кейинги жанги чемпионлик учун бўлиши керак" - UFC чемпиони 0 17:24Ўзбекистон стол тенниси терма жамоасида хитойлик мураббийлар иш бошлаши мумкин 0 17:01Пётр Ян Двалишвили билан реванш истамоқда: "Мерабни мағлуб эта оламан" 0 16:39Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди 0 16:16Анкалаевнинг менежери Перейра билан реванш қачон бўлишини айтди 0 15:52Тбилисида қиличбозлик бўйича жаҳон чемпионати бошланди 0 15:31Тайсон Фьюри Дюбуа билан спарринг ҳақида қизиқарли воқеани айтиб берди 0 15:10Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди 0 14:49Олимпия шаҳарчаси ва Миллий футбол марказида қурилиш ишлари қандай кетмоқда? 0 14:38Нурсултон Рўзибоев ва Хамзат Чимаев жангга бирга тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0

25 jan 08:11
Yangiliklar

Boks/MMA

Fyuri Frensis Ngannuning g'alabasiga munosabat bildirdi, "Yirtqich" bunga javob qaytardi

Og'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri UFC 270 kechasining markaziy jangida chempionlik kamarini ilk bor himoya qilgan Frensis Ngannuning muvaffaqiyatini etiborsiz qoldirmadi.

"Frensis Ngannuni tabriklayman, lekin agar sen haqiqatdan ham pul ishlashni istasang, "Lo'lilar qiroli" bilan yuzma-yuz bo'lishing kerak”, - deb yozdi britaniyalik bokschi kamerunlik og'ir vaznli sportchiga ishora qilib.

"Yirtqich" bunga javoban UFC bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha jang o'tkazmasligini va Fyuri bilan boks jangi uning uchun birinchi o'rinda ekanligini aytdi.

"Ngannu Fyuriga qarshi. 2022 yil ", - deb yozgan UFC chempioni.

Anaxaym shahrida o'tgan UFC 270 turniridagi g'alabadan so'ng Frensis Ngannu 600 000 AQSH dollarga ega bo'ldi, Tayson Fyuri esa Deontey Uaylder bilan bo'lgan so'nggi jangi uchun 30 million dollardan ko'proq gonorar olgan.

Siril Gan bilan jang Frensis Ngannuning UFC bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha oxirgisi bo'ldi, ammo kamerunlik sportchi o'z unvonini himoya qilishga muvaffaq bo'lgani uchun shartnoma avtomatik ravishda bir yilga uzaytirildi. Turnirdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida UFC chempioni agar tashkilot unga to'liq mos keladigan shartnoma taklif qilmasa, shartnoma muddati tugaguncha bo'sh o'tirishga tayyorligini aytdi.

Etiborlisi, UFC prezidenti Dana Uayt chempionlik kamarini Frensis Ngannuga topshirishdan bosh tortib, bu kamarni tashkilotning bosh matchmeykeri Mik Meynardga topshirgan va ananaviy matbuot anjumanini bekor qilib, arenani tark etgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Tayson Fyuri Frensis Ngannuga qo'lqopda boks jangi o'tkazishni taklif qilgan va kamerunlik bu imkoniyatni UFC bilan yangi kelishuvning bandlaridan biri sifatida ko'rishni istayotganini ochiq aytgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing