21 iyu 17:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Fyurining gaplariga munosabat bildirdi: avvalroq Tayson Usikni ikki marta enggani haqida gapirgandi
Promouter Eddi Xirn Tayson Fyurining Usikni ikki marta enggani haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.
Bu bayonotni Fyuri Usikning Dyubuaga qarshi revanshdagi g'alabasidan so'ng aytgan.
"Fyurida qasos olish istagi paydo bo'ladi. Bu ikki jang juda zo'r o'tgan edi. Menimcha, u avvalgi ikki jangni yuta olmagan, lekin agar u uchinchi jangni xohlasa — bu uning istagi. Rostini aytsam, odamlar buni ko'rishni xohlamaydi. Uchinchi jangda ham unga ko'pchilik ishonmaydi. Fyuri shunchaki boshqa birovga qarshi jang qilishi kerak", — dedi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar