So’nggi yangiliklar

23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0 14:39"Усик фаолиятини якунлаши керак" - мураббий 0 14:17"Бу унинг соғлигига таъсир қилади". Майк Тайсон — Флойд Мейвезер билан жанг ҳақида 0 13:55"Бу кўргазмали жанг мухлисларга улар хоҳлаган нарсани беради". Мейвезер — Тайсон билан жанг ҳақида гапирди 0 13:33Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. У учрашувдан кейин мухлислар билан хайрлашди 0

27 noy 13:05
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionatining ilk kuni 6 kurashchimizning bari shohsupaga ko'tarildi FOTOGALEREYA

Hindistonning Maharashatra shtati Puna shahrida milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha 13-jahon chempionati boshlandi.

Dunyoning 70 ga yaqin davlati polvonlari ishtirok etayotgan musobaqaning birinchi kuni erkaklar -60, -66, -73 kg, ayollar esa -78, -87 va +87 kg vazn toifalarida jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqishdi. Kurashchilarimiz 6 ta vaznning barchasida o'z mahoratlarini namoyishdi va ularning hammasi yakunda shohsupaga ko'tarilishdi. 

Punada O'zbekiston sharafiga ikki bor davlatimiz madhiyasi yangradi. Abdulaziz Hamroev (-60 kg) va Artyom SHturbabin (-66 kg) barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi. -73 kg vazndagi kurashchimiz G'olib Sulaymonov bronza medaliga ega chiqdi. 

Ayollar o'rtasidagi -78 kg vazndagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Filura Ergasheva finalda koreyalik Sunah Liga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo'ldi. -87 kg vaznda kurashgan Yulduz Muhammadieva finalda eronlik Zahra Bageriga yutqazib qo'ydi. +87 kg vazndagi vakilamiz Sitora Husanova esa Punadan bronza medali bilan qaytadigan bo'ldi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining birinchi kungi bellashuvlaridan so'ng 2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega bo'lib turibdi. Asosiy raqibimiz Eron ilk kungi bahslarda 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi.  


Birinchi kunning barcha g'olib va sovrindorlari

Erkaklar

-60 kg vazn toifasi

1. Abdulaziz Hamroev (O'zbekiston)

2. Mohit (Hindiston)

3. Muhammad Al-Fatlavi (Iroq)


-66 kg vazn toifasi

1. Artyom SHturbabin (O'zbekiston)

2. Gassem Nourizadeh (Eron)

3. Gumar Kirgizbaev (Qozog'iston)

3. Sung Park (Janubiy Koreya)


-73 kg vazn toifasi

1. Elis Pakdel (Eron)

2. Ja Deog Kvon (Janubiy Koreya)

3. Navro'z Karimzod (Tojikiston)

3. G'olib Sulaymonov (O'zbekiston)


Ayollar 

-78 kg vazn toifasi

1. Li Sunah (Janubiy Koreya)

2. Filura Ergasheva (O'zbekiston)

3. Saba Karamali (Eron)

3. Aziza Qurbonova (Turkmaniston)


-87 kg vazn toifasi

1. Zahra Bageri (Eron)

2. Yulduz Muhammadieva (O'zbekiston)

3. Jyoti (Hindiston)


+87 kg vazn toifasi

1. Fotima Barmaki (Eron)

2. Snesha Tadyal (Hindiston)

3. Annu (Hindiston)

4. Sitora Husanova (O'zbekiston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing