So’nggi yangiliklar

18:01"Нассурдин ҳақида энди гапира бошлашди. Барчаси мен сабабли" - Кайо Борральо 0 17:39Конор Макгрегор: "Мен Ирландияда ўз ҳисобимдан юзлаб уйлар қурганман" 0 17:17Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди 0 16:53Майк Тайсон Кроуфорд - Альварес жангида кимга мухлислик қилишини айтди 0 16:28Таэквондо бўйича Корея Республикаси элчиси кубоги учун турнир бошланди 0 16:05"Металл бўлагига ўхшайди" - Дана Уайт Имавовнинг жисмоний ҳолати ҳақида гапирди 0 15:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири 0 15:20Қозоғистон яна бир ўзбекистонлик боксчини ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 14:58"Борральо Имавовни мағлуб этади" - UFC собиқ чемпиони 0 14:35"Муаммо йўқ". Енгилмас кубалик боксчи Бетербиев - Бивол жанги ғолибига қарши рингга чиқишга тайёр 0 14:11Бироздан кейин Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогидаги юришини бошлайди 0 13:50Жон Жонсга қўйилган айблов бўйича ҳукм ўқилди 0 13:29Чақириққача харбий тайёргарлик бўйича муносиб кадрлар тайёрланмоқда 0 13:08Арман Царукян UFC'даги кейинги жангини ҳамюртимиз билан бир кардда ўтказиши мумкин, рақиб ҳам деярли аниқ 0 12:47Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли 0

15 noy 16:10
Yangiliklar

Futbol

Kamerun terma jamoasi murabbiyi o'z o'yinchilarining ismini bilmaydi. Bu hazil emas

Teglar :  Kamerun
Balki, bunga Eto'O aybdordir.

Kamerun terma jamoasini Jahon chempionatida Brazili, SHveycariya va Serbiya bilan qiyin guruh kutib turibdi. Qiyin bo'ladi, ammo afrikaliklarda qiziqarli tarkib bor – hujumda SHumo-Moting, yarim himoyada Zambo-Angissa, darvozada Andre Onana.

Jamoani to'rtta JCHda ishtirok etgan va terma jamoada o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi (130) hisoblangan afsonaviy Rigober Song shug'ullantirmoqda. Ammo, bitta muammo bor: Song jamoasidagi ayrim o'yinchilarining ismini bilmaydi.

Song elon qilish paytida o'zi jalb qilgan futbolchilarning ismi va familiyasini chalkashtirib yubordi. Rigoberni jurnalistlar to'g'irlab yuborishdi, bazida esa hatto matbuot kotibi ham aralashdi.




Dastlab "Siettl" himoyachisi Nuu Tolo bilan o'xshamadi – uni Mumi Etulu dedi, keyin jurnalistlar aytib yuborishdi. Keyinchalik Kamerun chempionatida o'ynaydigan Suaibu Maru (shunchaki Suadibu dedi) va Jerom Ngom (matbuot koibi yordamisiz ayta olmadi) bilan ham xato qildi. Murabbiy "Marsel" darvozaboni Simon Ngapanduetnbuni shunchaki ismi bilan atadi, shu sabab uni yutubdagi izohlarda tanqid qilishdi.


Balki, ushbu futbolchilarni terma jamoaga Eto'O olib kelgandir. Aynan u Rigoberni tayinlagan


Song martdan beri terma jamoada – jamoani Antoniu Konseyshaudan so'ng qabul qilib oldi. Portugaliyalik murabbiy yaxshi natijalarga erishdi (14ta g'alaba, 6ta durang va 3ta mag'lubiyat), ammo Afrika Kubogi yarim finalida Misrga yutqazdi.

Sport vaziri Konseyshauni saqlab qolishni juda ham xohlagandi, ammo futbol federaciyasi rahbari Samyuel Eto'O bunga qarshi edi. Eto'O o'tish o'yinlari yakunida bunga qadar yoshlar terma jamoasini boshqargan Songni tayinladi.



Kamerun Rigober bilan saralashda Jazoirdan o'tdi va JCHga chiqdi. Kamerunliklar shundan so'ng yana to'rtta o'yin o'tkazishdi: Burundini yutishdi, O'zbekiston va Janubiy Koreyaga yutqazishdi, noyabrda esa Yamayka bilan durang o'ynashdi.

Nega Song familiyalarda adashdi? Marca'da ikkita talqin bor. Birinchisi: Rigober shunchaki yarim yil ichida mahalliy futbolchilarning familiyasini o'rganishga ulgurmagan. Ikkinchisi: bu o'yinchilarni terma jamoaga Eto'O jalb qilgan, murabbiyning o'zi esa ular bilan deyarli tanish emas.


Kamerun terma jamoasi: "Bavariya" yulduzi, A Seriyadagi eng yaxshi yarim himoyachilardan va Rossiya fuqaroligiga ega o'yinchi


Kamerun kamida o'yinchilari turli top-ligalardan kelgan qiziqarli jamoa.

Darvozada "Inter"da Andre Onana turadi. Uning o'rinbosarlari "Marsel"dan Simon Ngapanduetnbu va Saudiya Arabistonining "Abxi" jamoasidan David Epassi. Bundan tashqari "Aris"dan tajribali Nkulu va Liga 1dan taniqli Kasteletto va Vular bor.

Yarim himoyadagi o'yinni A Seriyaning haqiqiy yulduzi bo'lgan "Napoli" o'yinchisi Frank Zambo-Angissa boshqaradi. Unga "Lokomotiv" (Moskva) tarbiyalanuvchisi, CSKA va "Anji"da o'ynagan va Rossiya fuqaroligiga ega Gael Ondua yordam beradi.



Eng yulduzli chiziq – hujum. Bu erda "Bavariya"da birin-ketin gollarni urayotgan Erik-Maksim SHupo-Moting va o'zini Salahdan kuchli sanaydigan "Al Nasr"dan Vensan Abubakar bor. SHuningdek tarkibdan Brayan Mbeumo ("Brentford") va Karl-Toko Ekambi ("Lion") o'rin olgan.

Rigober Song va uning jamoasi (hatto ismini bilmaydigan futbolchilar ham) Jahon chempionatini 24 noyabr kuni SHveycariyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.


Mundial 2022. Kamerun!


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing