03 sen 16:28
Yangiliklar
Taekvondo

Taekvondo bo'yicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun turnir boshlandi
Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida taekvondo WT bo'yicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun musobaqa start oldi.
Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq sportchi g'oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Dasturga ko'ra, bugun pumse (ko'rgazmali chiqish) yo'nalishi o'tkaziladi. 4 va 5 sentyabr kunlari kyorugi (jang) bo'yicha bellashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan mazkur musobaqada yigitlar va qizlar 10 tadan vazn toifasida dayanga ko'tarilishadi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar