So’nggi yangiliklar

19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

24 jan 17:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor Makgregor: Dastin yaxshi jang o'tkazdi, uning himoyasi ancha ishonchli edi

Konor Makgregor Dastin Pore haqida ilk fikrlar bildirdi.

"Sportda doim g'alaba bilan mag'lubiyat bilan yonma-yon bo'ladi. Uning oyog'imga bergan zarbalari ancha qiyinchilikka uchratdi. Dastlab uni nokaut qilishga umid qilgandim, biroq oyog'imga kelayotgan zarbalardan so'ng ahvolim og'irlashib bordi. Men UFC'da ancha yillardan beri harakat qilmoqdaman. O'n birinchi marta asosiy kardda ishtirok etdim. Hozircha kelajagim borasida aniq gapira olmayman. Dastin yaxshi jang o'tkazdi, uning himoyasi ancha ishonchli edi. Bahona to'qimoqchi emasman, men bir yildan beri jang qilmadim. Dastin bugun kuchlilik qildi. Boshqa gap gapira olmayman. Bahsni videosini ko'rishim kerak va kerakli xulosalarni chiqaraman.

Navbatdagi janglar? Bilmayman, men yana tayyorlanishim kerak. UFC'da ko'plab kuchli jangchilar bor, ularga qarshi qiziqarli to'qnashuvlarni tashkil qilish imkonimiz bor deb o'ylayman. Dastinga qarshi uchinchi jangni tashkil qilishimiz ham mumkin. Bo'lar ish bo'ldi, endi barchasini boshqatdan boshlashimiz kerak. Dastinning loukiki zarbalaridan so'ng oyog'im sekin astalik bilan ishlashdan to'xtadi. Uni bunday zarbalar berishini bilardim, biroq unga qarshi chora topa olmadim. Jang taktikamni o'zgartiraman. 

Birinchi navbatda oyog'im bilan ishlashim kerak. Hozircha Dastin bilan hisob 1-1. Jangda malum vaqt davomida ustunlikka erishdim. Umuman olganda, g'alaba uchun barcha narsam bor edi. Natijadan hafaman, biroq bu erda jang qilganimdan doim xursandman. Hafa bo'lmasdan, olg'a intilishda davom etaman. Yana bir nechta janglarda ishtirok etaman", - dedi Makgregor.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
25 jan 06:53:40
Mirzaev Sanjar
omad!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing