26 iyu 18:08
Yangiliklar
Futbol

"Istanbul Bashakshehir" Fayzullaevga qiziqayotgani rostmi?
Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" jamoasi matbuot kotibi Go'kxan Yilmaz CSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevga qiziqish bildirilayotgani haqidagi malumotga izoh berdi.
"Jamoamiz skautlari bilan gaplashdim, ular hozircha bunday tashabbus yo'qligini aytishdi", – dedi Yilmaz.
Fayzullaev o'tgan mavsum CSKA safida 39 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 8 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Avvalroq CSKAga yangi bosh murabbiy tayinlangan edi.
Havola :
Manba : Спорт-Экспресс
Fikrlar