26 iyu 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

"Oktagonning polini sening yuzing bilan artaman" - Carukyan Topuriyaga murojaat qildi
UFC jangchisi Arman Carukyan Iliya Topuriyaning gaplariga javob qaytardi.
Avvalroq Topuriya shunday degan edi: "Men Armanni bu kamar uchun munosib raqib deb hisoblamayman va unga imkoniyat berish niyatim yo'q".
SHundan so'ng Carukyan ijtimoiy tarmoqda shunday deb yozdi:
"Agar sen [UFC 317da] yutsang, sening yuzing bilan oktagonning polini artaman".
Eslatib o'tamiz, Topuriya va Oliveyra 29 iyun tongida o'tkaziladigan UFC 317 turnirining markaziy jangida to'qnash keladi. Jang Las-Vegasda o'tkaziladi va unda engil vazn toifasining vakant bo'lib chempionlik kamari o'rtaga qo'yiladi.
Havola :
Manba : x.com/ArmanUfc
Fikrlar