So’nggi yangiliklar

13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0 13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0 13:03Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади 0 12:42Илия Топурия UFC тарихида аввал ҳеч ким эриша олмаган натижа қайд этди 0 12:21Таллон Грикспор Мальоркани забт этди 0 12:00Жейк Пол - Хулио Сезар Чавес рейтинг жанги тўлиқ давом этди 0 11:39Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди 0 11:18"Жин урсин, бундай бўлмаслиги керак эди" - Дана Уайт Пимблеттнинг октагонга чиққанидан норози 0 10:57Топурия ғалабадан сўнг: "Бу янги даража" 0 10:35UFC 317 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Топурия борми? 0 10:28Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади 0 10:00Енгил вазнда янги қиролга айланган Топурия, чемпионлигини сақлаб қолган Пантожа ва унга даъвогар бўлиб олган мьянмалик спортчи. UFC 317 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 09:54ДАҲШАТ! Илия Топурия Чарльз Оливейрани биринчи раунддаёқ нокаутга учратди ва енгил вазнда UFC чемпионига айланди! 1 09:32"Финиш қилади". Мераб Двалишвили Топурия – Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 09:26AND STILL! Александр Пантожа Кай Кара-Франсни муддатидан аввал таслим этди 0

20 mar 18:18
Yangiliklar

Kurash, Tadbirlar

Kurash federaciyasi O'zDJTSU bilan Memorandum imzoladi + FOTO

Teglar :  O'zDJTSUKurash
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan O'zbekiston Kurash federaciyasi o'rtasida kurash sport turini ilmiy-uslubiy va innovacion texnologiyalar asosida yanada takomillashtirish bo'yicha o'zaro hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi.

Tadbirda O'zbekiston Kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komiljon Yusupov, universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabaev, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Rashid Matkarimov va professor-o'qituvchilar ishtirok etdi.

Ushbu memorandum mamlakatimizda milliy kurash sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, bevosita milliy terma jamoalar bilan ishlash, kurash bo'yicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, o'quv-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish, o'quv-mashg'ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish va trenerlar malakasini oshirish, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kurash ixtisosligi talabalarini istiqbolda yuqori malakali kadr etib tayyorlash, iqtidorli talabalar va professor-o'qituvchilarni dolzarb muammolar echimiga yo'naltirilgan mavzular asosida ilmiy tadqiqotlar o'tkazishda federaciya bilan hamkorlik qilish maqsadida tuzildi.

Memorandum O'zbekiston Kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komiljon Yusupov hamda universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabaevlar tomonidan imzolandi.

O'tkazilgan tadbir chog'ida O'zbekiston Kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komiljon Yusupov hamda universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabaev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabrdagi “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi, 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda 2020 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlarining imzolanishi milliy sportimiz bo'lgan kurashning rivojida yangi davrni boshlab berganini alohida etirof etishdi.

SHuningdek, mazkur tadbirda tashkiliy masalalarga ham etibor qaratildi. Xususan, kun tartibidan O'zbekiston Kurash federaciyasiga vice-prezident saylash masalasi ham ko'rib chiqildi. 

Unga ko'ra, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Boltabaev Mahmudjon Rustamovich O'zbekiston Kurash federaciyasi vice-prezidenti lavozimiga saylandi. 

O'z navbatida rektor Mahmudjon Boltabaev O'zbekiston Kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komiljon Yusupovni universitetning Milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga professor lavozimiga ishga taklif etdi.

O'zDJTSU axborot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing