29 iyu 12:21
Yangiliklar
Tennis

Tallon Grikspor Malorkani zabt etdi
Ispaniyaning Malorka orolida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Musobaqa bosh sovrini niderlandiyalik Tallon Griksporga nasib etdi. Dunyoning 34-raketkasi bo'lib turgan Tallon hal qiluvchi final bahsida ATP reytingida 83-pog'onadan joy olgan franciyalik Korenten Muteni 7/5, 7/6(3) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Bir soatu 57 daqiqa davom etgan bahsda Grikspor 4, Mute 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bittadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Bu ikki yillik tanaffusdan so'ng chempion bo'lgan Griksporning faoliyatidagi uchinchi ATP sovrini bo'ldi.
Havola :
Manba : atp.com
Fikrlar