So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

21 fev 17:28
Yangiliklar

Karate

NUR-HAS Karate sarhadlari kengaymoqda. Markazning AQSHda bo'limi ochiladi

Bir necha yildan beri O'zbekistonning bir nechta shaharlarida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritib kelayotgan NUR-HAS Karate markazi okean ortida ham ish boshlaydi.

Navoiyda tajribali murabbiy Hasan Nazarov asos solgan ushbu shinkiokushinkay karate markazi bugungi kunda xalkaro toifadagi hakam, 5-DAN qora belbog'i sohibi Mutal Nazarov tomonidan xalqaro maydonga olib chiqish, sarhadlarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.   

Jumladan, kuni kecha Mutal Nazarov AQSHning Nyu-Jersi shahrida mahalliy sportchilar uchun master klass, yani mahorat sabog'i mashg'ulotlarini o'tkazdi. Ikki soatlik master klassda AQSH karatechilari ruhan kuchli bo'lish, musobaqada muvaffaqiyatli qatnashish sirlari, yangi jang usullari hamda yangi kata mashqlarini o'zlashtirishdi. "Maqsadimiz AQSH va O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro do'stona hamkorlikka o'z xissamizni qo'shish", deydi Mutal Nazarov.

Eng katta rejalardan biri AQSHda NUR-HAS Karate markazining filialini ochish hisoblanadi. Hozirda bu boradagi tashkiliy masalalar deyarli hal bo'lgan. Mart oyida AQSHdagi mashhur Manxetten ("Times Square Alliance") maydonida ko'rgazmali chiqish o'tkazilishi rejalashtirilgan. SHou dasturida tamishvari, yani qattiq jismlarni sindirish, kata va kumite mashqlari o'rin oladi. 

SHuningdek, NUR-HAS Karate markazi tomonidan shu yilning avgust oyida AQSHda ilk musobaqa o'tkaziladi. Unga qadar may oyida markaz sportchilari Yaponiyaning Tokio shahrida tashkil etiladigan musobaqada qatnashishadi. Avgust oyida esa AQSHning Las-Vegas shahrida 6-Fullkontakt karate chempionati o'tkaziladi. O'tgan yilgi ushbu musobaqada Mutal Nazarov "Eng yaxshi hakam" deb topilgan edi. 

NUR-HAS Karate markaziy yil oxirigacha bo'lgan rejalarini ham tasdiqlab olgan. Jumladan, markaz sportchilari sentyabr oyida Xitoyning SHanxay shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Oktyabrda AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etiladigan xalqaro seminarda ishtirok etish belgilangan. Bundan tashqari, O'zbekiston chempionati va Kubogi bahslari, yurtimizda bir nechta xalqaro musobaqalarni ham o'tkaziladi. 

Yana bir malumot, Hasan Nazarov boshchiligida O'zbekiston delegaciyasi Yaponiya Tokio shahrida o'tkaziladigan xalkaro musobaqaga ham taklif etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing