28 avg 19:39
Yangiliklar

Mutal Nazarov Las-Vegasda o'tgan American FullContact Karate turnirining eng yaxshi hakami deb topildi
Ushbu musobaqaga NUR-HAS karate markazi murabbiyi, xalkaro toifadagi hakam, 5-DAN qora belbog'i sohibi Mutal Nazarov ham referi sifatida taklif etilgandi. Musobaqada hamyurtimizdan tashqari Ukraina, Rossiya, SHri-Lanka va AQSHning o'zidan referilar hakamlik qildi. Yakunda Nazarov musobaqaning eng yaxshi referisi deb topildi.
Safar davomida Mutal Nazarov AQSH va boshqa davlat federaciyalari mutasaddilari va murabbiylari bilan fikr almashdi, hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Noyabr oyida O'zbekiston va AQSH urtasida xalkaro seminar o'tkazishga kelishib olindi.
Oldinda NUR-HAS karate markazi tarbiyalanuvchilarini 27-28 sentyabr kunlari Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o'tkaziladigan Osiyo chempionati kutib turibdi. SHuningdek, terma jamoa azolari Yaponiyaning Tokio shahrida 18-19 oktyabr kunlari 56-Yaponiya Ochik chempionatida ham ishtirok etishadi.
Fikrlar