20 okt 12:05
Yangiliklar

Daniil Medvedev Qozog'istonda chempion bo'ldi + FOTO
Musobaqa bosh sovrini Daniil Medvedevga nasib etdi. Finalgacha dunyoning 14-raketkasi bo'lib kelgan rossiyalik tennischi ATP reytingida 41-pog'onada borgan franciyalik Korenten Muteni 7/5, 4/6, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Daniil oldinga chiqib oldi - 2:1. Ikki soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 8, Mute 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi.
Daniil faoliyatidagi 21-sovrinni qo'lga kiritdi. U so'nggi bor 2023 yilning may oyida Rim "Masters" turnirida chempion bo'lgan edi. Medvedev o'shandan keyin o'tkazilgan 6 ta finalda yutqazgandi. Qozog'istondagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 250 reyting ochkosi hamda 160 550 $ mukofot puli keltirdi. Mute esa bir haftalik mehnatidan 165 ochko va 93 635 dollar pul ishlab oldi.
Fikrlar