29 iyu 12:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriya UFC tarixida avval hech kim erisha olmagan natija qayd etdi
Asli kelib chiqishi gruziyalik, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Iliya Topuriya bugun Las-Vegasda o'tgan turnirda engil vaznda UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Bu bilan u UFC tarixida hali hech bir sportchi erisha olmagan natija qayd etdi. Yani, u ikki vaznda mag'lubiyatga uchramay, UFC chempioni bo'lgan ilk aralash yakkakurash ustasiga aylandi.
CHarlz Oliveyrani mag'lub etish orqali Topuriya o'z g'alabalari sonini 17 taga etkazdi. Iliya 2024 yilda yarimengil vazn toifasida ham promoushen chempioni bo'lgandi. O'shanda u avstraliyalik Aleks Volkanovskidan ustun kelgan edi. Topuriya Maks Xolloueyni mag'lub etib kamarini himoya qilganidan keyin engil vaznga ko'chib o'tgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar