29 iyu 13:45
Yangiliklar
Tennis

Istborn turniri bosh sovrini okean ortiga ketadigan bo'ldi
Buyuk Britaniyaning Istborn shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini amerikalik Teylor Fricga nasib etdi. Dunyoning beshinchi raketkasi final bahsida ATP reytingida 149-pog'onada borayotgan vatandoshi Jenson Bruksbini 7/5, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Fric hamyurtlarning o'zaro uchrashuvlari hisob-kitobida oldiga chiqib oldi - 2:1.
Sakson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Fric 8 ta eys, 4 ta breykka erishib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Fric ketma-ket ikkita turnirda chempion bo'ldi. U o'tgan hamta SHtutgartdagi maysa qoplamali turnirda ham bosh sovringa ega chiqqandi. Bu uning faoliyatidagi 10-sovrin bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar