So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

09 apr 13:23
Yangiliklar

Kurash

Kurash – xalol yo'l bilan maqsadga erishish demakdir!

Teglar :  Kurash
Kecha, 8 aprel kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Kurash sport turini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn tarzdagi xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tdi.

Mazkur anjumanda zamonaviy kurash asoschisi, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari K.Yusupov, Xalqaro Kurash instituti eksperti, Janubiy koreyalik Kim Eur Jon, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi kurash milliy sport turini rivojlantirish bo'limi boshlig'i K. Usmonov, O'zDJTSU rektori M. Boltaboev, hamda onlayn tarzda ushbu sohadagi Rossiya, Germaniya, Ukraina va isroillik mutaxassislar shuningdek, universitet professor o'qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Anjuman davomida  mutaxassislar tomonidan kurash sport turiga oid bir nechta taqdimotlar namoyish qilindi. Taqdimotda asosan kurash sport turining mamlakatimiz va jahonda rivojlanish istiqbollari, tarixi, buguni va mazkur sport turi bo'yicha malakali mutaxassis, trener va xalqaro toifadagi hakamlar tayyorlashning tashkiliy asoslari kabi masalalarga alohida to'xtalib o'tildi. SHu bilan birga, qilingan taqdimotlarda kurashchilarning psixofizalogik tayyorgarligi, o'quv-mashq jarayonini monitoring qilish, kurash bo'yicha musobaqalarni o'tkazishning xalqaro qoida va yangiliklari to'g'risida ham fikrlar bildirildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing