So’nggi yangiliklar

16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:29Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда 0 13:06"Исламни нокаут қила оламан" - Илия Топурия 0 12:45Курашчиларимиз Осиё чемпионатида яна 5 та медални қўлга киритишди 0 12:24Ислам Махачев: "Делла Маддалена билан жанг оғир бўлади" 0 12:03"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи 0 11:42"Гладиатор" Парижда жанг қилади 0 11:21Усман Нурмагомедов кейинги жанги қачон бўлишини айтди 0 11:00UzChess Cup. Абдусатторов асосий рақибларидан бирини ютди, Синдаровда ҳам ғалаба, 7-турнинг барча натижалари битта хабарда 0

17 jan 08:05
Yangiliklar

Kurash

Kurashchilar “Prokuror kubogi”da bellashishdi

O'zbek milliy kurashining jahon bo'ylab geografiyasi tobora kengayib, yirik kompleks musobaqalar dasturidan o'rin olib kelmoqda.

Jumladan, 2018 yil Indoneziyada bo'lib o'tgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlari dasturidan joy olgani uning bugungi kundagi nufuzidan dalolat bermoqda. Tarixi ming yillarga borib taqaladigan kurashimizni yurtimizda yanada ommalashtirish bo'yicha bir qator musobaqalar tashkil qilinmoqda. 

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida bo'lib o'tgan “Prokuror kubogi” musobaqasi ham ana shu turnirlardan biridir. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig'matilla Yo'ldoshev, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va boshqa martabali mehmonlar ishtirok etishdi. 

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqan rasmiylar yurtboshimiz tomonidan sportni, shu jumladan, milliy kurashimizni rivojlantirishga qaratilayotgan etibor xususida alohida to'xtalib o'tishdi. 

SHubhasiz, barchamiz kurashimizning dovrug'i yanada oshishi va uning Olimpiya o'yinlari oilasidan joy olishini istaymiz. Marosimda rasmiylar bu kabi istiqbolli rejalar bo'yicha qator dasturlar ishlab chiqilayotgan haqida alohida to'xtalib o'tishdi. Tadbir davomida 2020 yil laureatlari taqdirlandi. Unga ko'ra, o'tgan yilning eng yaxshi kurashchisi nomiga Muhsin Hisomiddinov sazovor bo'ldi.

Tantanali ochilish marosimdan so'ng bellashuvlarga start berildi. Musobaqada yurtimizning turli chekkalaridan kelgan iqtidorli polvonlar o'z mahoratlarini namoyish qilishdi. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg'alari va medallarini qabul qilib oldilar. 

Taqdirlash marosimi yakunida MOQ raisi O'zbekiston kurash federaciyasiga Qo'mitaning esdalik sovg'asini taqdim qildi. SHuningdek, marosimda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov ham sportchilarni taqdirlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing