So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

27 jan 17:02
Yangiliklar

Futbol

"Lokomotiv"ga ispaniyalik kelmoqda. U haqida nimalar bilamiz?

Teglar :  Lokomotiv
Oxirgi 2 yilda O'zbekiston chempionatida “Paxtakor” chempion bo'lib kelmoqda.

Undan avvalgi yillarda esa Toshkentning boshqa bir jamoasi – “Lokomotiv” qatorasiga chempion bo'lib keldi.

So'nggi yillarda biroz bo'lsa-da tarkib jihatdan kuchsizlangan “Loko” yangi mavsumdan tarkibiga qator etakchi, tajribali, legioner futbolchilarni jalb qilmoqda. Bugun chiqqan xabarga ko'ra, Toshkent jamoasi ispaniyalik himoyachi Diego Bardankani o'z safiga qo'shib oldi. Ispan murabbiydan so'ng tarkibga qo'shilgan ispan futbolchi kim, qanday natijalarga erishgani bilan qiziqdik.

1993 yilning 20 mart kuni tug'ilgan Diego o'z faoliyatini dastlab “Valyadolid” jamoasi safida boshladi. Ushbu jamoada bir mavsum harakat qilgach “Atletiko Onubense” klubiga o'tdi. Mazkur klubda 2014/15 yilgi mavsumda harakat qilgan futbolchi, 2015 yilning yozida “Eldense”dan “Levante” safiga ko'chib o'tdi. 1 fevralgacha “Levante”da harakat qilgan Digeo mavsumning ikkinchi yarmini “Real Xaen”da o'tkazdi. 2017 yilning 12 mart kunidan boshlab SIK safida o'ynashni boshlagan futbolchi 2018 yilning yanvar oyida “Ivisa” jamoasiga o'tdi. Mavsum oxirida esa “Gimnastika” jamoasi futbolchisiga aylangan. 2019 yilning fevral oyida “Bytoviy Bytuv” safiga borib qo'shilgan futbolchi, o'sha yilning yozida “Indjiya” azosiga aylandi. 2020 yilning 6 fevral kuni esa “Gorica” futbolchisiga aylandi Bardanka. 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab klubsiz bo'lgan Diego endi Toshkentning “Lokomotiv” safida harakat qiladi.

YouTube tarmog'ida futbolchining namoyish etgan o'yinlaridan lavha ham joylashtirilgan.



Reyting:    

Fikrlar

   
29 jan 13:56:57
xXx
Shunaqa urveni past transferlani faqat uzb klubla oladi.qimmat summalaga shundanam.futbol 0 da prosta ispaniyali shunisi faqat vohmali
   
27 jan 22:33:56
Alisher Ashurovich
klubni tez tez almashtirib turarkan.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing