So’nggi yangiliklar

19:52Бобир Абдихолиқов, Гулруҳбегим Тоҳиржонова ва яна бир қатор спортчиларимиз давлат мукофоти билан тақдирланди 0 18:00"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди 0 17:39Сауль Альварес Илия Топурияга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:15Илия Топурия: "Агар Махачев ютса мен билан жанг қилсин. Ютқазса, навбатга турсин" 0 16:38Арман Царукян Порье – Холлоуэй тўқнашуви учун захира жангчиси бўлмоқчи 0 16:16Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз" 0 15:40"Анкалаевга етарлича ҳурмат кўрсатилмаяпти" - Аспиналл 0 15:17Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида кумуш медални қўлга киритган Дулат Бекбауовнинг проф боксдаги илк рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 14:55Усик — Дюбуа реванши учун "Уэмбли"да трибуналар сони 94 000 тага етказилиши мумкин 0 14:27Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди 0 14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0

28 okt 10:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Maqsad - Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish! Boksimiz yulduzlari AQSHga jo'nab ketishmoqda + FOTO

Butun dunyoda pandemiya hukmronlik qilmoqda.

Sport musobaqalari, bellashuvlar esa davom etayapti. Oldinda bizni Tokio Olimpiadasi kutib turganini yaxshi bilasiz. 4 yillikning nufuzli musobaqasiga puxta tayyorgarlik ko'rish va professional boksda navbatdagi jangini o'tkazish uchun bokschilarimiz Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Sanjar Tursunov AQSHga yo'l olishadi. 


SHu munosabat bilan kecha, 27 oktyabr kuni O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasida uch nafar bokschimiz, terma jamoamiz murabbiylari Rahmatjon Ro'zioxunov, To'lqin Qilichev hamda O'zbekiston boks federaciyasi masullari, OAV xodimlari, yosh bokschilar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Tadbirni MOQ Media departamenti direktori Zafar Imomxo'jaev olib bordi. 


"Tez kunlarda bokschilarimiz AQSHga yo'l olishadi. Bunga asosiy sabab Olimpiadaga tayyorgarlikni kuchaytirish. Biz Tokioda ham Riodagi natijalarni takrorlashimiz shart. Nima uchun aynan AQSHga degan savol tug'ilishi mumkin. Negaki, Qo'shma SHtatlar professional boksning vatani. Yigitlar Kaliforniya shtatida yashab, mashg'ulot o'tkazishadi. U erning havosi, istemol mahsulotlari ham vazn tashlash uchun juda qulay. Bizda engil vaznlarda raqobat kuchli, biroq og'ir vaznlarda ularga munosib raqib yo'q. Sportchi o'zidan kuchlilar bilan ko'proq mashg'ulot, sparring o'tkazsa, shundagina o'sish bo'ladi. Undan tashqari pandemiya sababli bokschilarimiz jang amaliyotisiz qolib ketishdi. Hozirgi kunda ichki musobaqalar yo'qligini inobatga oladigan bo'lsak, bokschilarimizni professional ringda tajribasini orttirishi barcha uchun foydali. Kelayotgan yil boshida Murodjon Ahmadaliev kamarlarini himoya qiladi. Mazkur jangni mamlakatimizda tashkil etish uchun barcha choralar ko'rilyapti. Bu o'zbek boks muxlislari uchun katta tuhfa bo'lishiga ishonamiz”- dedi, dastavval so'z olgan terma jamoa murabbiyi To'lqin Qilichev.


Jurnalistlar savollariga javob berar ekan Rahmatjon Ro'zioxunov quyidagi fikrlarni bildirdi: "Avvalo etibor berib, bizni qilayotgan ishlarimizni xalqimizga etkazib turgan OAV hodimlariga rahmat. Pandemiya sharoitiga qaramay terma jamoamizni shug'ullanishi uchun imkoniyat yaratib bergan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, O'zbekiston boks federaciyasidan  ham minnatdormiz. Karantin paytlarida shifokorlar biz bilan birga bo'lishdi, MOQ muntazam ravishda mashg'ulot olib borayotgan bazamizga shifokorlarni yuborib, bizning salomatligimizni qattiq nazorat ostiga olib turganligini alohida takidlashim zarur. Prezidentimizga ham terma jamoamiz nomidan shunday og'ir kunlarda bizga etibor berganliklari uchun tashakkur aytaman".


SHundan so'ng OAV xodimlari, tadbirda yig'ilgan yosh charm qo'lqop ustalari kun qahramonlariga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan yuzlanishdi. Bokschilarimiz esa bunday natijalarga erishish uchun qanday mashaqqatli yo'llarni bosib o'tganliklari, kelgusidagi rejalari haqida so'zlab berdilar. Albatta bu kabi hayotiy hikoyalar yosh bokschilarimizning o'ziga bo'lgan ishonchini yanada oshishida xizmat qiladi. Qiziqarli savol-javoblarga boy bo'lgan matbuot anjumani fotosessiyaga ulanib ketdi.

Sarvinoz Raxmonqulova, Xurshida Abdikulova


Tadbirdan olingan ajoyib suratlarni tomosha qiling.

Suratlar muallifi Jahongir Fayzullaev


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing