So’nggi yangiliklar

23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0 14:39"Усик фаолиятини якунлаши керак" - мураббий 0 14:17"Бу унинг соғлигига таъсир қилади". Майк Тайсон — Флойд Мейвезер билан жанг ҳақида 0 13:55"Бу кўргазмали жанг мухлисларга улар хоҳлаган нарсани беради". Мейвезер — Тайсон билан жанг ҳақида гапирди 0 13:33Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. У учрашувдан кейин мухлислар билан хайрлашди 0

28 noy 17:59
Yangiliklar

Futbol

Marokashdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Belgiyada ommaviy tartibsizliklar bo'lmoqda (FOTO)

Teglar :  Belgiya
Qatar maydonlarida bo'lib utayotgan Jahon chempionati kutilmagan natijalarga boy o'tmoqda.

Kuni kecha "F" guruhida 2-tur bahslari bo'lib o'tdi va Belgiya Marokash uchrashuvida kichik sensaciya qayd etildi, Marokash terma jamoasi Belgiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdan so'ng Belgiya poytaxti Bryussel markazida ommaviy tartibsizliklar sodir bo'lgan.

150 ga yaqin futbol muxlisi terma jamoasining mag'lubiyatidan so'ng shahar markaziga yo'l oladi va tartibsizliklar sodir etadi. Ular shahar markazida axlat qutilarini yoqishgan, avtomobillarga zarar etkazishgan va do'konlarni o'marishgan. Futbol muxlislarining bunday tajovuzkor harakatlari policiya etiborini tortgan, shundan so'ng policiyachilar shahar markazidagi janubiy vokzal ko'chalarini o'rab olishadi, lekin tartibsizlikni keltirib chiqargan muxlislar policiyachilarga ham qarshilik ko'rsatishadi. Bu harakatlarga javoban policiya vodomyot va ko'zni yoshlantiruvchi gazni ishlatishga majbur bo'ladi. 



SHahardagi tartibsizliklar sabab bir necha metro bekatlari ham vaqtinchalik yopildi.

Policiya bergan xabarga ko'ra, tartibsizliklarda qatnashgan 10 nafar shaxs qo'lga olingan. 



"Bugun esa Antverpen va Lej shaharlarida ham tartibsizliklar sodir bo'ldi", – deya habar bermoqda mahalliy OAV.

Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi 2-turdan so'ng bor-yo'g'i 3 ochko jamg'argan holda guruhda 3-o'rinni egallab turibdi. Belgiya so'nggi turda qiyin raqib Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing