16 dek 17:10
Yangiliklar
Futbol
Kurtua terma jamoaga qaytishdan bosh tortdi
Ispaniyaning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasiga qaytishni istamadi.
Bu haqda "The Times" yozmoqda.
Xabar qilinishicha, 32 yoshli Kurtuaga terma jamoaga qaytish taklif qilingan, biroq u rad javobini bergan va bosh murabbiy Domeniko Tedesko bilan mojaro tufayli terma jamoada o'ynamasligini aytgan.
Avvalroq Belgiya futbol federaciyasi bu holatdan xavotir bildirgan va Tedeskoning terma jamoadagi kelajagi yomon natijalar – so'nggi beshta o'yinda to'rtta mag'lubiyat va bir durang tufayli shubha ostiga olingandi.
Havola :
Manba : The Times
Fikrlar