So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

14 apr 15:01
Yangiliklar

Kurash

Navoiyda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Teglar :  Kurash
Bugun, 14 aprel kuni Navoiy shahridagi yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2005-2006 tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlariga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi  Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik – taqvim rejasidagi joriy yilning ilk mamlakat chempionati bahslarida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha  viloyatlardan  300 nafarga yaqin  yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda. Mazkur chempionat bahslarida dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Oybek Rahmonov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abdixalil Malikov, Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tasarrufidagi yakka kurash  turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Oybek Jumanazarov, belbog'li kurash bo'yicha  milliy terma jamoa bosh murabbiyi Azamjon SHokirjonovlar ishtirok etib, yosh polvonlarni qutlab, musobaqalarda omad tilashdi.   


Ushbu chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.

Bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar bilan tanishishingiz mumkin. Musobaqa 16 aprelga qadar davom etadi.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing