So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

19 apr 08:01
Yangiliklar

Voleybol

Navoiyda voleybol bo'yicha qizlar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib ztmoqda

Teglar :  VoleybolNavoiy
Navoiy shahridagi “So'g'diyona” sport majmuasida mamlakatimiz tarixida ilk marotaba dunyo voleyboli afsonasi, ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi, xizmat ko'rsatgan sportchi Vera Duyunova xotirasiga bag'ishlangan 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi xalqaro turnirga start berildi.

Rejaga ko'ra, Osiyo voleybol konfederaciyasining yillik musobaqalar taqvimiga kiritilgan xalqaro turnirda Markaziy Osiyo davlatlari, yani Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston hamda O'zbekistonning 17 yoshgacha bo'lgan qizlar terma jamoalari ishtirok etishi belgilangan edi.

Afsuski, dunyoda pandemik vaziyat yana jiddiy tus olayotganligi sababli bazi davlatlarga o'z hukumati Navoiyga kelish uchun ruxsat berishmadi. Natijada xalqaro turnirga faqatgina Qirg'iziston hamda Tojikistondan jamoalar etib kelishdi.

Xalqaro turnirga etib kelolmagan davlatlar o'rnini to'ldirish maqsadida tashkilotchilar musobaqaga O'zbekistondan to'rtta jamoa qo'yishdi. Bular – asosini O'zbekiston qizlar terma jamoasi tashkil etgan “Olimp”, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining mahoratli qizlaridan iborat “So'g'diyona”, Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi qizlaridan tashkil topgan “Humo” hamda o'z tarkibiga Farg'ona vodiysi viloyatlarining voleybolchi qizlarini jamlagan “Vodiy” jamoalaridir.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda so'zga chiqqanlar voleybol dunyoda eng ommalashgan va rivojlangan sport turlaridan biri ekanligi, O'zbekistonda ham ushbu sport turini rivojlantirish masalasiga hukumat darajasida etibor qaratilayotgani, buning samarasi o'laroq mana shunday musobaqalar tashkil etilayotganligini alohida etirof etishdi.

Ochilish marosimiga mahalliy sanatkorlar va raqs ansambllarining chiqishlari o'zgacha fayz bag'ishladi. SHundan so'ng musobaqaga start berildi.

Voleybol bo'yicha U-17 qizlar o'rtasida xalqaro turnir tafsilotlari bilan tanishishni istasangiz, saytimizni kuzatib boring.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing