So’nggi yangiliklar

22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0

30 apr 11:20
Yangiliklar

Voleybol

Ana xolos! Pokistonda o'tkazilishi kerak bo'lgan CAVA musobaqasi mezbonligi siyosiy sabab tufayli O'zbekistonga berildi

Bu haqda O'zbekiston voleybol federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha o'tkazilgan CAVA yig'ilishida Erkaklar o'rtasidagi Millatlar ligasi musobaqasi O'zbekistonda o'tkazilishi borasida qaror qabul qilingan. 

Turli mamlakatlardan vakillar ishtirokida o'tgan onlayn yig'ilishda quyidagilar muhokama qilindi:

— Dastlab turnir Pokistonda o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq siyosiy sabablarga ko'ra, Hindiston va Turkmaniston musobaqada ishtirok etmasligini elon qildi. Qirg'iz Respublikasi va O'zbekiston esa hali ishtirokni tasdiqlamagan edi. Eron turnirni sentyabr oxiriga qoldirishni taklif qildi, Pokiston bu fikrni qo'llab-quvvatladi. Qirg'iz Respublikasi esa musobaqani O'zbekistonga ko'chirishni taklif qildi va bu taklif Hindiston, SHri Lanka, Qozog'iston, Qirig'iziston hamda Turkmaniston tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

Ovoz berish natijasiga ko'ra: Musobaqaga O'zbekiston mezbonlik qilishi taklifi ko'pchilik tomonidan maqullandi.

CAVA prezidenti Mohamed Latif ham bu taklifni qo'llab-quvvatladi hamda voleybol federaciyasi va sport vazirligiga o'z minnatdorligini bildirdi. SHu tariqa, turnir avval belgilangan sanada O'zbekistonda o'tkaziladigan bo'ldi", deyiladi xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing