So’nggi yangiliklar

19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0

17 sen 12:05
Yangiliklar

SHaxmat

Hindiston shaxmat terma jamoasi Samarqandda tashkiliy muammoga duch keldi

Samarqand mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi FIDE Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etish uchun O'zbekistonga kelgan Hindiston terma jamoasi mehmonxonaga joylashish jarayonida kutilmagan muammoga duch keldi.

Jahon chempioni Gukesh, R. Praggnanandxaa va jamoaning boshqa azolari Samarqandga etib kelganidan so'ng mehmonxona xonalariga joylashish uchun besh soatdan ortiq vaqt kutishga majbur bo'lgan.

Hindiston erkaklar terma jamoasi sardori Srinatx Narayanan hamda grossmeyster Vidit Gujrati ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan vaziyatdan norozi ekanini bildirgan. Ularning takidlashicha, jamoa uchun amalga oshirilgan bron malumotlari mehmonxonaga o'z vaqtida etkazilmagani sababli ayrim shaxmatchilarga dastlab xonalar ajratilmagan.

Keyinchalik Hindiston SHaxmat federaciyasi aralashuvi bilan muammo bartaraf etilgan va terma jamoa azolari mehmonxonaga joylashtirilgan.

Malumot uchun, Hindiston terma jamoasi Samarqanddagi 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga 2024 yilgi g'olib sifatida tashrif buyurgan va o'z chempionlik unvonini himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing