So’nggi yangiliklar

18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0

16 iyu 12:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Odiljon Aslonov: Taxminim to'g'ri chiqdi, ammo...

Teglar :  Odiljon Aslonov
Moskva shahrida o'tkazilayotgan "Qitalar Kubogi" turnirida Osiyo terma jamoasi tarkibida ishtirok etayotgan buxorolik bokschimiz Odiljon Aslonov intervyu berdi.

Quyida ana shu intervyuni o'qishingiz mumkin.

- Assalomu alaykum, Odiljon. Avvalambor, taklifimizni rad etmaganingiz uchun tashakkur. 

- Valaykum assalom, taklif uchun rahmat.


- Odiljon, ushbu turnir qay darajada tashkillashtirilgan? Umuman, tashkiliy masalalar borasida fikringiz qanday?

- To'g'risi, ushbu turnir va uning tashkiliy masalalari alo darajada. Biz uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Yashash uchun mehmonxona, ovqatlanish, har kunlik mashg'ulot o'tkazishimiz uchun sport zali  taqdim etilgan. Murabbiylarimiz qo'l ostida ushbu zallarda mashg'ulot olib boryapmiz. SHu fursatdan foydalanib, barcha tashkilotchilarga Osiyo terma jamoasi sportchilari nomidan barchasi uchun minnatdorchilik bildiraman.


- Turnir doirasida hozirgacha ikkita jang o'tkazib ikkisida ham g'alaba qozondingiz. SHu o'tkazilgan janglar va undagi raqiblaringiz haqida nima deya olasiz?

- Ochig'i, afrikalik raqibimni tanimayman. Bilishimcha, u proffessional boksda 23 ta jang o'tkazgan ekan. Rossiyalik raqibimni esa yaxshi taniyman. O'tgan yil Serbiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati bronza medali sohibi. Havaskor boksda ham bir nechta xalqaro musobaqalar g'olibi hisoblanadi. Bu ikki kuchli bokschini mag'lub etganimdan xursandman.


- Turnirning ikkinchi turida Osiyo va Rossiya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Raqib jamoa bokschilari qanday taassurot qoldirishdi?

- Rossiyalik barcha charm qo'lqop ustalari havaskor va proffessional boksda o'z o'rniga ega. Ko'plab musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritishgan. Bir qiziq holatni sizga aytsam, Rossiya terma jamoasi bilan jang oldidan kichik hisob qayd etilishini va unda g'alaba qozonishimizni taxmin qilgandim. Ha, kichik hisob qayd etildi, lekin raqib foydasiga. Ozroq omadimiz kelmadi va kichik hisobda mag'lub bo'ldik.


- Amerika, Afrika va Rossiya terma jamoalari tarkibidagi siz uchun 3 nafar eng yaxshi bokschi?

- Xo'p desangiz, Rossiya terma jamoasi tarkibidan o'zim kuchli deb hisoblagan uch nafar eng yaxshi bokschini sanab beraman. Tokio Olimpiadasi chempioni Albert Batirgaziev, jahon chempioni Muslim Gadjimagamedov, IBO yo'nalishi reytingida 2-o'rinni egallab turgan Pavel Silyagin. Sanayversam, bunday kuchli bokschilar juda ko'p.


- Osiyo terma jamoasi safidagi jamoadoshlaringiz janglaridan tashqari raqib jamoalar bahsini ham kuzatib boryapsizmi? 

- To'g'risini aytsam, men bironta jangni kuzatganim yo'q. Barcha janglarni Ravshan Xodjaev boshchiligidagi murabbiylarimiz kuzatishyapti va shunga monand har birimizga alohida uslublarni singdirishmoqda.

Maqsud Komilov suhbatlashdi

O'zbekiston boks federaciyasi Buxoro viloyat bo'limi matbuot xizmati    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing