So’nggi yangiliklar

16:52Махачев энг қизиқарли рақибни эълон қилди 0 16:25"Олимпия шаҳарчаси"да велотрек бўйича "Tashkent Gran Prix" халқаро Гран приси старт олди 0 16:02Қозоғистонда ўтказилиши мумкин бўлган UFC турнири учун кард тузиб чиқилди, ундан уч нафар ўзбекистонлик ММАчиси жой олди 0 15:39"Реал" мураббийлар шорт-листида кутилмаган номзод пайдо бўлди 0 15:17Жангига уч кун қолганида Раҳматулло Бойматовнинг рақиби ўзгарди 0 14:52Ўзбек хоккейи ҳакамлик мактаби тарбияланувчиси АҚШдан расмий таклиф олди 0 14:25Холмурод Нурматов, Эдил Эсенгулов, Анвар Абдуллаев ва бошқа таниқли ММАчилар Тошкентда жанг қиладиган ACA 203 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди 0 14:01"Реал"нинг икки ўйинчиси машғулотда жанжаллашиб кетди 0 13:39Баҳодир Жалолов ва Жавоҳир Умматалиев жанг олдидан очиқ машғулот ўтказди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 13:13PFL Остин турнирининг асосий жанги эълон қилинди, у реванш мақомида бўлади + ПОСТЕР 0 12:52Цзю иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 12:28ПСЖ финалга чиққанидан кейин иккита миллий рекорд ўрнатди 0 12:05Оқ уйдаги UFC турнири иштирокчилари Дональд Трамп билан учрашди + ФОТО 0 11:39TePe Sigeman 2026. Абдусатторов 14 ёшли туркиялик пешқадам билан ўйнади 0 11:17Чимаев ва Стрикленднинг жангдан олдинги жисмоний ҳолати + ФОТО 0

30 noy 12:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun 4 bokschimiz Ekaterinburgda ringga chiqadi, Aslanov kamar uchun jang qiladi

Bugun Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida navbatdagi prof boks turniri tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu turnir kardidan to'rt nafar o'zbekistonlik bokschining ham jangi o'rin olgan. Oqshomning co main-event jangida ikkinchi o'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Odiljon Aslonov WBA Asia kamari uchun rossiyalik Nikita Zonga qarshi ringga ko'tariladi. "Premier Boxing Academy" bokschisi bo'lib turgan Aslonov kechagi tarozi marosimida 75,8 kg tosh bosdi. Uning raqibi Nikita Zon esa 76,05 kg vazn qayd etdi. Jang 10 raunddan iborat bo'ladi. 

Havaskor boksda aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov prof boksdagi debyut jangida rossiyalik Gor Oganesyanga qarshi ringga chiqadi. Uning raqibi prof ringda 1 tadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etgan. 69,9 kg vazn toifasida o'tkaziladigan ushbu jang 6 raund etib belgilangan. Buxorolik bokschimiz tarozida 70,6 kg, raqibi esa 70,9 kg vaznga ega ekani oydinlashdi.

Yana bir bokschimiz Bobo-Usmon Baturov ham bugungi oqshomda o'z jangini o'tkazadi. Jizzaxlik charm qo'lqop ustamiz prof boksdagi beshinchi jangida britaniyalik Mishel Kingga qarshi ringga chiqadi. King hisobida 6 g'alaba (4 ta nokaut) va 2 mag'lubiyat bor. Jang 8 raunddan iborat bo'ladi. Baturov 68,75, King 68,9 kg vazn qayd etdi.   

Andijonlik SHahbozbek Tolibjonov bugun prof ringdagi to'rtinchi jangini o'tkazadi. Engil vazndagi bokschimiz 6 raundlik jangda tojikistonlik Asror Vohidovga qarshi ringga ko'tariladi. Vohidov ancha tajribali bo'lib, prof boksda 12 g'alaba (7 nokaut) va 1 mag'lubiyat qayd etgan. 

Bugungi turnirning markaziy jangi Isroil Madrimovning chempionlik jangidagi sobiq raqibi rossiyalik Magomed Kurbanov hamda yana bir rossiyalik bokschi Aslanbek Kozaev o'rtasida bo'lib o'tadi. Magomed Kurbanov — 72 kg, Aslanbek Kozaev — 71,8 kg tosh bosdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing