22 avg 11:25
Yangiliklar
Dzyudo
Behruzbek Usmonov - Jahon chempionati sovrindori!
Ekvador davlatida davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari ortda qoldi.
-73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Behruzbek Usmonov jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. U uchinchi o'rin uchun kechgan murosasiz bahsda ozarbayjonlik Sadig Mammadovni taslim etdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi medallari soni 5 taga etdi - 1 ta oltin, 4 ta bronza. Medallar jamg'arish bo'yicha dunyoning 60 davlati orasida Top-3'talikda boryapmiz.
Bugun jahon chempionatining uchinchi kuni og'ir vazn toifalarida bellasuvlar o'tkaziladi. Saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar