So’nggi yangiliklar

18:45Осиё чемпионатининг илк куни иштирок этган 8 дзюдочимизнинг бари шоҳсупага кўтарилди 0 18:24Канело — Кроуфорд оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 18:01Дана Уайт Турки аш Шайх билан қилаётган бокс лойиҳаси ҳақида гапирди 0 17:39Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди 0 17:17Менежер Биволнинг навбатдаги рақибларини айтди 0 16:51"Tashkent Select" Қозоғистон ёшлар чемпионатида қатнашмайди — манба 0 16:26Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг ҳақида: "Энг зўри эканимни бутун дунёга исботлайман" 0 16:01ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи 0 15:39"Магомед ҳалиям Перейрани нокаут қилиш истагида" - менежер 0 15:18"Pantera Sport Club" Қозоғистондаги турнирда умумжамоа ҳисобида 1-ўринни эгаллади 0 14:51ЖЧ-2025. Қозоғистоннинг неча боксчиси ярим финалга йўл олди? 0 14:25U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум 0 14:02"У ичиб олган". Кроуфорд — Топуриянинг уни нокаут қиламан деган гапига жавоб қайтарди 0 13:39Абдулрашид Садулаев виза билан боғлиқ муаммо сабаб бу сафарги Жаҳон чемпионатини ҳам ўтказиб юборадиган бўлди 0 13:17Царукян — Топурия ҳақида: "Агар жанг қилгиси келмаса, камарни бўшатиб қўйсин" 0

25 fev 09:31
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Samarqandda jahon chempionatiga boradigan yosh og'ir atletikachilar aniqlanmoqda

Teglar :  Og'ir atletika
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Samarqandda og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati davom etmoqda.

Joriy yil mart oyida Albaniyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga saralash musobaqasi bo'lgan chempionatning ortda qolgan kunlarida bir qator vaznlarda g'olib va sovrindorlar aniqlandi.

Jumladan qizlar o'rtasida 55 kilogram vaznda o'tkazilgan bahslarda qashqadaryolik SHahnoza Jabborova dast ko'tarishda 78, siltab ko'tarishda 100 va ikki kurash natijasiga ko'ra, 178 kilo toshni o'ziga bo'ysundirdi va oltin medalga sazovor bo'ldi. Kumush medal yana bir qashqadaryolik og'ir atletikachi Ziyoda Xudoyqulovaga nasib etdi. U dast ko'tarishda 74, siltab ko'tarishda 85, ikki kurashda 160 kilo toshni ko'tarishga erishdi. Ushbu vaznda bronza medaliga ega chiqqan namanganlik Zarbonu Rahimjonova 61/74/135 ko'rsatkichni qayd etdi.

SHuningdek, o'g'il bolalar o'rtasida 55 kilogrammda Miraziz Mirsobirov (Namangan) 94/120/214 bilan oltin,  Bobur Yoqubov (Jizzax) 90/105/195 bilan kumush va  Navro'z Mahmudov (Samarqand) 86/103/189 bilan bronzali bo'lishdi. O'smirlar o'rtasida 61 kilogramm vaznda Azizbek SHomurotov (Xorazm) 103/134/237, Javohir G'afurov (Samarqand) 102/123/225, Omadbek Sodiqjanov (Namangan) 101/123/225 shoxsupadan joy olishdi.

Bugun, 24 fevral kuni qizlar o'rtasida 59 kilogrammda, o'g'il bolalar orasida esa 67, 73, va 81 kilo og'irlikda O'zbekiston chempionlari aniqlanadi.

Mamlakat birinchiligi bahslari 27 fevralga qadar davom etadi.




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing