So’nggi yangiliklar

19:52Бобир Абдихолиқов, Гулруҳбегим Тоҳиржонова ва яна бир қатор спортчиларимиз давлат мукофоти билан тақдирланди 0 18:00"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди 0 17:39Сауль Альварес Илия Топурияга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:15Илия Топурия: "Агар Махачев ютса мен билан жанг қилсин. Ютқазса, навбатга турсин" 0 16:38Арман Царукян Порье – Холлоуэй тўқнашуви учун захира жангчиси бўлмоқчи 0 16:16Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз" 0 15:40"Анкалаевга етарлича ҳурмат кўрсатилмаяпти" - Аспиналл 0 15:17Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида кумуш медални қўлга киритган Дулат Бекбауовнинг проф боксдаги илк рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 14:55Усик — Дюбуа реванши учун "Уэмбли"да трибуналар сони 94 000 тага етказилиши мумкин 0 14:27Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди 0 14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0

26 okt 12:43
Yangiliklar

Futbol

O'z yoshini kichraytirgan Superliga futbolchisi aniqlandi

Teglar :  PFLSuperliga
Futbolda yosh kichraytirish bilan bog'liq illat borligi sir emas.

Bu nafaqat O'zbekistonning tashqi imidjiga o'z tasirini ko'rsatadi, balki bir qator iqtidorli futbolchilarning millionlar o'yinidan ko'ngli sovub, keyinchalik uni tark etishga olib keladi. 

O'zPFL yoshni kichraytirish bilan bog'liq holatlarga jiddiy etibor qaratishni to'g'ri yo'l deb biladi. Bunda qamrov doirasini kichraytirish uchun asosan 2000 yildan keyin tug'ilgan futbolchilar masalasi o'rganilmoqda. Boisi, shu yildan keyin tavallud topgan futbolchilar hozircha yirik xalqaro musobaqada ishtirok etib ulgurmadi. Ammo O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ular faol ishtirok etmoqda.   

Bunday illatlarni yo'qotish maqsadida FHDYO organlari tomonidan taqdim etilgan malumotlar asosida futbolchilarning xujjatlaridagi tug'ilganlik haqidagi yozuvlarning haqiqiyligi o'rganilmoqda. Mana shunday izlanishda Superliga klublarining birida to'p suruvchi futbolchining tug'ilganlik haqidagi dalolatnomasi va boshqa xujjatlari o'rtasida tug'ilgan yili bo'yicha tafovut borligi aniqlandi. Yani, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan taqdim etilgan malumotnomaga muvofiq, uning tug'ilganlik haqidagi dalolatnomasida tug'ilgan yili 2002 yil etib ko'rsatilgan, fuqarolik pasportida esa 2004 yil etib qayd qilingan. 

O'zPFL futbol klubiga futbolchining hujjatlarida chalkashlik borligi aniqlangani, shundan kelib chiqib topshirilgan hujjatlarni qayta o'rganib chiqishni so'rab ikki marta rasmiy xat yubordi. Biroq futbol klubi tomonidan mazkur holat bartaraf etilmadi. 

SHundan so'ng O'zPFL holatga aniqlik kiritilishi va qonunbuzilish holatiga vakolati doirasida huquqiy baho berishini so'rab viloyat prokuraturasiga murojaat qildi. Malumotga asosan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazildi hamda futbolchinining yoshini kichraytirish bilan bog'liq xujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslar aniqlandi. 

Keyinchalik tuman prokuraturasining talabi bilan tumani IIB M va FRB tomonidan futbolchi nomiga yoshi kichraytirilgan holda rasmiylashtirilgan fuqarolik pasporti va xorijga chiqish biometrik pasporti amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinib, uning nomiga haqiqiy tug'ilgan yili bo'yicha fuqarolik pasporti rasmiylashtirib berildi.

Bugun — 26 oktyabr kuni O'zPFL futbolchi to'p suradigan klubga bu borada malumot taqdim etdi hamda futbolchining hujjatlarini asl tug'ilgan yili bilan qayta rasmiylashtirish talabini qo'ydi. Biz futbolchining karerasiga salbiy tasir ko'rsatish fikridan yiroqmiz. Ammo uning faoliyatini yolg'onlardan boshlashga urinish principiga qarshi kurashamiz. Barcha masala qonun doirasida to'g'ri hal etilsa, keyinchalik bundan O'zbekiston milliy terma jamoasi ham manfaat ko'radi, shuningdek, mana shunday holatlar kasriga qolib ketayotgan boshqa yosh futbolchilarda futbolga nisbatan qayta umid uyg'onadi.

O'zPFL o'z farzandi kelajagi borasida qayg'urayotgan ota-onalardan bu kabi illatlarga uchmasliklarini so'raydi. SHuningdek, keyinchalik ham bu kabi holatlarga qarshi kurash olib boradi. Biz bu boradagi yordamlari uchun Davlat xizmatlari agentligi hamda prokuraturaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing