So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

09 okt 09:11
Yangiliklar

Qilichbozlik

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi mutasaddilari bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Teglar :  QilichbozlikMOQ
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan oldinda turgan vazifalar yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

Mazkur uchrashuv asosan moliyaviy masalalar va uzoq yillarga mo'ljallangan strategik mavzulariga bag'ishlandi. Suhbat davomida ajratilgan mablag'larni maqsadli va to'g'ri sarflanishi, selekciya ishlarini yuqori saviyada olib borish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Malumki, Rustam SHoabdurahmonov bir vaqtning o'zida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining raisi ham hisoblanadi. Uchrashuvda sablya bo'yicha terma jamoa katta murabbiyi, 3 karra Olimpiya o'yinlari chempioni Vladimir Nazlimov o'z tajribasidan kelib chiqqan holda fikrlarini bildirib o'tdi.

“Uzoq yillik rejalar xususida gapiradigan bo'lsak, 1-2 sportchiga tayanib qolish xato. O'zim murabbiylik qilayotgan sablya yo'nalishi haqida gapiradigan bo'lsam, bizda eng katta sportchimiz 20-22 yoshda. Asosiy tarkib esa 16-18 yoshni tashkil qiladi. Agar kuchli jamoa shakllantirishni istasak, bir yo'nalishda kamida 6 nafar sportchi bilan ishlash kerak. SHunda ular orasida raqobat oshadi. Qolaversa, jarohat yoki boshqa noxush holatlarga ham tayyor bo'lish talab qilinadi. SHu yo'sinda astoydil ishlasak, biz tuzgan jamoa nafaqat Parij-2024, balki 2028 va 2032 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlariga ham tayyor bo'ladi”, – dedi Vladimir Nazlimov.

Tadbir davomida 2021-2022-2023 va 2024 yillar kesimida federaciya o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalar, har bir yo'nalishda nafaqat Osiyo va jahonda kuchli raqobat tug'dira oladigan jamoalarni shakllantirish, kelasi yil bo'lib o'tadigan Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik rejalari borasida atroflicha muhokama olib borildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing