21 iyu 16:16
Yangiliklar
Qilichbozlik

Sablyachi qizlarimiz ham Osiyo chempionatida sovrindor bo'lishdi
Indoneziyaning Bali shahrida o'tkazilayotgan qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi medalga ega chiqdi.
Sablya bo'yicha bo'yicha ayollar terma jamoamiz bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Saralashda Xitoy Taypeyi, Gonkong jamoalarini mag'lub etgan qizlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyaga 42:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi o'rin uchun bahsda esa xitoylik raqibalaridan 45:43 hisobida ustun keldilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar