So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

12 sen 17:32
Yangiliklar

Tadbirlar

Parijda O'zbekiston va Franciya Paralimpiya qo'mitalari rahbarlari uchrashuv o'tkazdi

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi rahbariyati Parij-2024 tashkiliy qo'mitasi taklifiga asosan Franciyada bo'lib turibdi.

Tashrifning ikkinchi kunida Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vice-prezidenti – O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev hamda mamlakatimizning Franciya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboev Franciya Sport, ekspertiza va qobiliyatlarni aniqlash milliy instituti (INSEP) bosh direktori Fabien Kanu hamda Franciya Paralimpiya qo'mitasi prezidenti Marie-Ameli Le Fur bilan uchrashdi. 

Samimiy ruhda kechgan muzokaralar davomida Fabien Kanu O'zbekistonda sportni qo'llab-quvvatlash borasida olib borayotgan islohotlarni yuqori baholab, o'zbek sportchilarining nufuzli halqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtiroki, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarning natijasi ekanini alohida takidladi. Marie-Ameli Le Fur esa o'zbekistonlik hamkasblari bilan o'zaro tajriba almashishga va hamkorlikda sport tayyorgarlik dasturlarini tashkil etishga qiziqish bildirdi.

Bundan tashqari, tomonlar Parij-2024 yozgi Paralimpiya o'yinlariga sportchilarni tayyorlash bo'yicha o'zaro tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildi. 

SHuningdek, Muxtorxon Tashxodjaev yuqori darajali sportchilarni tayyorlaydigan institutning (INSEP) sport infratuzilmasi bilan ham yaqindan tanishdi. Francuz tomoni esa o'zbekistonlik Paralimpiya sportchilarini Parij-2024 Paralimpiya o'yinlariga yanada puxta tayyorgarlik ko'rishda o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazish uchun ushbu sport bazalarini taqdim etish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyorligini bildirdi. 

Uchrashuv so'ngida tomonlar o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing