So’nggi yangiliklar

19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0 13:39Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0

11 apr 10:34
Yangiliklar

Kurash

Prokuror kubogi ming-minglab yoshlarni qamrab olmoqda

Teglar :  KurashProkuror
Xalqaro sport maydonlarida qo'lga kiritlayotgan yutuqlarimizning tak zamini ommaviy sportga berilayotgan etiborning mahsulidir.

Kuni kecha Toshkentdagi “Sog'bon” kurash zalida 2006-2007 yillarda to'g'ilgan o'smir-yoshlar o'rtasida o'tkazilgan kurash musobaqasi ham bo'lg'usi chempionlar kamoloti yo'lida qo'yilgan muhim qadam bo'ldi. 

Toshkent shahar kurash federaciyasi va Olmazor tuman prokuraturasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqa poytaxtimizning yosh kurashchilari, ayniqsa Sog'bon kurash majmuasi atrofidagi mahalla yoshlari uchun chinakam sport bayrami bo'ldi.

-Toshkent shahar prokurori, poytaxt kurash federaciyasi raisining qarori bilan mart-may oylari shahrimizdagi tumanlarning deyarli barchasida ana shunday musobaqalar o'tkazilishi belgilangan. Bugungacha Sergeli, Yunusobod, SHayxontohur tumanlarida “Prokuror kubogi” bellashuvlari o'tkazildi. Ushbu musobaqalar asnosida poytaxtimizdagi 5000 nafardan oshiq yoshlarni ommaviy sport musobaqalariga bevosita jalb etish, ming-minglab o'smirlar qalbida milliy sportimizga qiziqishni oshirishga qaratilgan. SHu o'rinda aytish joizki, Toshkentdagi 12 ta umumtalim maktablariga ishsiz yurgan kurash trenerlari murabbiylikka jalb qilindi. Ular kurash gilamlari bilan taminlandi. Yangi tashkil qilingan kurash to'garaklarida shug'ullanish istagini bildirgan kam taminlangan oilalarning farzandlari, etibor talab yoshlarni mashg'ulotlarda bepul shug'ullanishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari,  yaqin vaqtda poytaxtimizda kurash bilan shug'ullanayotgan yoshlarni kurash yaktaklari bilan taminlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi musobaqalarning ahamiyatli tomoni shundaki, Olmazor tuman prokuraturasining sayi-harakati bilan “Sog'bon” kurash zalining atrofi, uning ichki va tashqi ko'rinishi tamirlandi, kukalamzorlashtirildi. Natijada yoshlarning sport bilan shug'ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar muxayyo etildi, -deydi Toshkent shahar kurash federaciyasi ijrochi direktori To'lqin Ro'ziev.

“Sog'bon”dagi kurash bahslari haqida shuni aytish lozimki, bellashuvlarda 130 nafarga yaqin yoshlar 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Murosasiz bahslar yakuniga ko'ra, o'g'il bolalar 42, 50, 55, 60, +60 kg vaznlarda, qizlar esa 40 va 48 kg.da kurashishdi. O'z vaznlarida G'iyos Jumanazarov, Anvar Eshpo'latov, Akobir Zoirov, Temur Jo'raxonov, Bekzod O'ktamov, Laziz Asqarov, Javohir Malikov, Dilmuhammad Aliaxmatov, Xumoyun Nematov, Bobur Yo'ldoshev, Sug'diyona Bahodirzoda, Sevinch Mamashariopva, Fotima Umurzoqova va Vazira Qo'lmamatova g'olib va sovrindor bo'lishdi.

Musobaqa sovrindorlari Toshkent shahar kurash federaciyasi, Olmazor tuman prokuraturasi va xomiylar tomonidan tasis etilgan diplom, medal hamda sovg'alar bilan taqdirlandi.

Mutasaddilarning bildirishicha, “Prokuror kubogi” musobaqasining keyingi bahslari 16-17 aprel kunlari Bektemir tumanida o'tkaziladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing