So’nggi yangiliklar

18:17"Кроуфорд фаолиятини тугатса, хурсанд бўлардим" - Рой Жонс 0 17:51Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди 0 17:26Сауль Альварес Теренс Кроуфордга ютқазганидан сўнг пост қолдирди 0 17:01Конор Макгрегор Ирландия президенти бўлиш учун курашдан чиққанини маълум қилди 0 16:38АҚШдаги ўзбек спортчиси — Муродбек Чориев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 16:16Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди 0 15:41"Умид қиламанки, жанг бўлади". Топурия Кроуфорд билан жанг истагида 0 15:19Турки аш Шайх Кроуфорднинг кейинги рақиби ким бўлишига шаъма қилди 0 14:54Сауль Альварес 2018 йилдан бери илк бор чемпионлик камарисиз қолди 0 14:30Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади 0 14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0 12:45Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўраётган пара сузувчиларимиз машғулотларнинг сўнгги босқичини ўтказмоқда 0

13 iyu 13:19
Yangiliklar

Kurash, SHaxmat

Qibrayda xotira turniri o'tkazildi FOTOGALEREYA

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi "Aziya elektr-energiya yuksalish" masuliyati cheklangan jamiyatida mazkur MCHJ asoschisi Egambergan ota Bekchonov xotirasiga bag'ishlangan turnir tashkil etildi.

Asli Xorazm viloyatining Urganch tumani CHekka sholikor qishlog'idan bo'lgan Egambergan ota turmush o'rtog'i Yoqutjon opa bilan 60 yildan ortiq bir yostiqqa bosh qo'yib, 9 farzandni to'g'ri tarbiyalab, o'qimishli, ilm-marifatli qilib  kamolga etkazishdi.  

Ibratli turmush kechirgan ushbu oila uzoq yillar ahil-inoq hayot kechirdi. Egambergan ota temirchilik va chorvachilik sohalarida halol mehnati bilan hurmat-etibor topgan va hamisha elda aziz insonlar, namunali oilalardan bo'lishgan. 

Egambergan Bekchonovning farzandi, "Aziya elekt-energiya yuksalish" MCHJ rahbari Beknazar Bekchonov tashabbusi bilan tashkil etilgan turnirda ushbu korxonaning 60 nafar ishchi-xodimlari o'rtasida shaxmat-shashka, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish, tosh ko'tarish, armrestling, xalqada mashq bajarish va kurash bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi. 

Qiziqarli va murosasiz o'tgan bellashuvlarda Mavluda Ahmedova, Rahima Azimova, Oxunjon Rahmonqulov, Aziz Xojiev, Oybek Kistaboev, Baxtiyor Abdullaev singari ishchi-xodimlari yuqori natijalar qayd etib, korxona rahbari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

SHuningdek, turli nominaciyalar bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi. Tadbirda Egambergan otaning farzandlari, yaqinlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing