So’nggi yangiliklar

12:25"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди 0 12:04Леон Эдвардс кейинги жангини ноябрь ойида ўтказиши мумкин 0 11:43Тахмина Икромова Жаҳон чемпионатида тўртинчи бўлди 0 11:22Муроджон Аҳмадалиев Японияга етиб борди (ФОТО) 0 11:01"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди 0 10:40Мадримов учун имкон: Кроуфорд чемпионлик камарини вакант қолдиради 0 10:19Фомин Хитойдаги Челленжер турнирида ўз омадини синаб кўради 0 09:58Махачев Топурия — Царукян жанги ташкил этилиши кераклигини айтди 0 09:37Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади 0 09:16Пара каноэчиларимиз Жаҳон чемпионатини иккита медал билан якунлашди 0 08:55"Ҳаммаси шундан" — Махачев АҚШ MMAси инқирози нима билан боғлиқлигини тушунтирди 0 08:34Нодирбек Якуббоев 61th Rubinstein Memorial чемпиони! 0 08:13"Реал" меҳмонда "Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди 0 07:52Шавкат Раҳмоновнинг режалари очиқланди 0 07:31Гандболчиларимиз учинчи ўйинда илк жиддий синовдан ўтишди 0

05 avg 21:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman: To'lqin Qilichev boks terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Teglar :  To'lqin Qilichev
Bu haqida O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yaxshi bilasiz, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi so'nggi yillarda jahon miqyosida ko'zga ko'rinarli yutuqlarni qo'lga kiritdi. Bunda shubhasiz murabbiylar shtabining o'rni yuqori. Ammo vaqt bir joyda turmaydi va terma jamoadagi avlodlar almashinuvi murabbiylar shtabida ham muhitni o'zgartirish lozimligidan dalolat beradi. 

Bugun, 5 avgust kuni O'zbekiston boks federaciyasida yig'ilish tashkil etildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Xabaringiz bor, shu kungacha milliy terma jamoamizni Marat Qurbonov uzoq vaqt davomida boshqarib kelayotgandi va u kishi boshchiligida o'zbek bokschilari Olimpiya o'yinlarida, Jahon va Osiyo chempionatlarida umumjamoa hisobida yuqori o'rinlarni qo'lga kiritishdi. 

Bugun tashkil etilgan tadbirda ham Marat Galievichning qilgan xizmatlari alohida etirof etildi va terma jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida u kishining eng yaqin shogirdlaridan biri To'lqin Qilichev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Qayd etish lozimki, Marat Qurbonovning boksdagi faoliyati yakunlangani yo'q. U kishi hali ko'plab murabbiylar, chempion bokschilarni tarbiyalashga o'z hissasini qo'shishiga ishonamiz.

O'zbekiston boks federaciyasi Marat Galievichning terma jamoa rulidagi samarali faoliyatini yuksak qadrlaydi va o'z minnatdorchiligini bildiradi. To'lqin Qilichevga esa yangi vazifada omad tilab qolamiz, deyiladi federaciya bayonotida. 

Bir necha kun oldin To'lqin Qilichev Olamsport.com sayti mehmoni bo'lgandi. Murabbiy bilan intervyuni yana bir bora tomosha qilishingiz mumkin. 


Reyting:    

Fikrlar

   
06 avg 10:24:55
Baxriddin
COC&ADIAZ-TKNDSH бб кетмаса булмаса хамма тараф
   
06 avg 00:17:21
Vista 1981
Nima uchun Marat Qurbonov ishdan olindi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing