25 avg 09:16
Yangiliklar

Para kanoechilarimiz Jahon chempionatini ikkita medal bilan yakunlashdi
Dunyoning 34 mamlakatidan jami 185 nafar atletlar bahs olib borgan nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Avvalroq, turnirning uchinchi kuni davomida To'rabek Nazarqulov VL3 dasturida kumush medalga ega chiqqani haqida xabar bergandik.
Kechagi finallar davomida terma jamoamizning yana bir azosi Azizbek Abdulxabibov KL2 dasturida startga chiqib, marraga 44.22 soniyada etib keldi. Bu bronza medali uchun etarli bo'ldi va hamyurtimiz shohsupadan joy oldi.
1. Devid Filipsson (Buyuk Britaniya)
2. Kristian Volpi (Italiya)
3. Azizbek Abdulxabibov (O'zbekiston).
SHunday qilib, O'zbekiston terma jamoasi para kanoeda eshkak eshish bo'yicha Jahon chempionatini 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga etkazdi. Malumot o'rnida, vakillarimiz so'nggi ikki Jahon chempionatida bittadan bronza medaliga ega chiqib kelayotgandi.
Fikrlar