25 avg 07:31
Yangiliklar
Gandbol

Gandbolchilarimiz uchinchi o'yinda ilk jiddiy sinovdan o'tishdi
Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan gandbol bo'yicha qizlar o'rtasidagi U19 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichining 3-tur o'yinlari yakuniga etdi.
"Alpomish" muz saroyida o'tgan O'zbekiston va Xitoy Taypeyi terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv murosasiz kechdi. Yakunda qizlarimiz ikki to'p farqi bilan - 29:27 hisobida zafar quchishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi guruhda ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Bugun guruhning to'rtinchi o'yini asosiy raqib Xitoy terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.
Uchinchi turning barcha o'yinlari natijasi:
Qirg'iz Respublikasi - Qozog'iston 22:58
Hindiston - Gonkong 39:25
Eron - Koreya Respublikasi 19:39
Xitoy Taypeyi - O'zbekiston 27:29
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar