So’nggi yangiliklar

18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0 13:50Спорт вазири Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини намунали ташкил этишга доир тақдимот билан танишди 0

31 avg 17:52
Yangiliklar

Futbol

Ro'ziqul Berdievning akkreditaciyasi vaqtincha bekor qilindi

Teglar :  Ro'ziqul Berdiev
Kecha Coca-Cola Superliga 17-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etgan edi.

Ana shu turdan o'rin olgan "Nasaf" — "Lokomotiv" uchrashuvi yakuniga etgach mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev hakamlar joy olgan maydon markaziga qarab bordi va ularga nisbatan nomaqbul harakatlarni amalga oshirdi.

Uchrashuv yakuniga etgach mazkur masala yuzasidan bosh hakam Ahrol Risqullaev hamda O'zPFL komissari bildirgi taqdim etdi. Unda qayd etilishicha, uchrashuv yakuniga etishi bilan "Nasaf" futbol klubining qator futbolchilari hamda bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev hakamlar brigadasini o'rab olgan. Bu vaqtda bosh murabbiy bosh hakam libosini qo'pol tarzda tortgan hamda uning qorin qismiga zarba bergan. SHundan kelib chiqib, O'zPFL Ro'ziqul Berdievga taqdim etilgan akkreditaciyani tegishli qo'mitalar mazkur vaziyatni o'rganib chiqquniga qadar qaytib oladi. Bosh murabbiy O'zbekiston Coca-Cola kubogining ¼ finalidan joy olgan "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmaydi.

CHempionatning 18-turini o'tkazish uchun "Nasaf" 10 sentyabr kuni Olmaliq shahriga tashrif buyuradi. SHundan kelib chiqib, O'zPFL tegishli qo'mitalar ishtirokidagi yig'ilishni 9 sentyabr kuni o'tkazish taklifini O'FAga kiritdi. Bunda qaror bir tomonlama ko'rib chiqilmasligini taminlash maqsadida qo'mitalar yig'ilishiga Ro'ziqul Berdiev va Ahrol Risqullaevning o'zi ham taklif etilishi ko'zda tutilgan.

Bayram sababli dam olish kunlarining avvaldan belgilab qo'yilgani, shuningdek, "Nasaf" ustozining Toshkentga kelishida muammo yuzaga kelmasligini taminlash maqsadida 8 sentyabr sanasi tanlab olindi. Berdievning akkreditaciyasini qaytarish masalasi qo'mitalar qaroridan keyin hal etiladi.

Malumot uchun, hakamlar qaroriga shikoyat berish tartibi Reglamentning 14-bobida batafsil tushuntirib o'tilgan. Garchi "Nasaf" jamoasi hakamlar brigadasiga etika normalariga zid ravishda etiroz bildirgan bo'lsa-da, klub 14-bob bo'yicha rasmiy etiroz bilan chiqmagan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing